Breaking News

AQShda toza energiya sanoati qanday rivojlanyapti?


Kichik shaharchadagi toza energiya sanoati
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:12 0:00

Bayden ma'muriyatining toza energiya bo’lgan e’tibori Vashington shtatidagi kichik shaharchani elektr avtomobil akkumulyatorlarini ishlab chiqarish markaziga aylantirdi.

Vashington shtatining, taxminan, 25 000 aholiga ega Mouses Leyk shaharchasi elektromobillar uchun batareya ishlab chiqarib, Amerikaning toza energiya iqtisodiyotiga o’z hissasini qo’shmoqda.

Nik Anderson muhim batareya komponentini ishlab chiqaruvchi “Group14 Technologies” kompaniyasida dasturlarni boshqarish bo’yicha direktor.

"Orqamda kremniy batareya texnologiyasi uchun ikkita yirik ishlab chiqarish modulimiz joylashgan. Ular elektr transport vositalaridan tortib, internetda ishlaydigan qurilmalar, smartfonlar va batareyada ishlaydigan boshqa ko’plab maqsadlar uchun ehtiyot qism ishlab chiqaradi", - deydi u.

Shaharga yangi kelganlar qishloq xo'jaligi va an'anaviy ishlab chiqarishdan tortib texnologiyagacha bo’lgan sohalarda mahalliy iqtisodiyotni rivojlantirmoqda, deydi shu yerda tug'ilib o’sgan Rosendo Alvarado. U “Sila Nanotechnologies” zavodi boshqaruvchisi.

“Biz mana shu bino turgan dalalarda ishlaganmiz. O’zgarishlar tez bo’ldi, biz bu jamiyat va umumiy elektromobillar bozori uchun yaratayotgan imkoniyatlarimizdan juda xursandmiz”, - deydi Alvarado.

Har biri 100 million dollarlik federal grant bilan qo'llab-quvvatlangan ikkita startap bu yerda akkumulyatorlar uchun mahalliy ta'minot zanjirini yaratish ustida ishlamoqda. Jin Berdichevskiy “Sila Nanotechnologies” kompaniyasi bosh direktori.

"Osiyodagi jahon yetakchilari bilan bellashish qiyin. Buni amalga oshirishning yo'li ular Osiyoda chiqarayotgan narsani qayta qurish emas, balki batareya texnologiyalarining keyingi avlodini yaratishdir", - deydi u.

“Sila” ham, “Group14” ham litiy-ionli batareyalardagi grafitni kremniyga asoslangan komponentlar bilan almashtirmoqda.

"Mouses Leykdagi eng ko’p xom-ashyo bu qum. Bu yer qobig'ida eng ko'p tarqalgan mineral. Grafit unumdorligi past va uni sotib olishimiz kerak, chunki grafitning aksariyati chet eldan keladi”, - deydi ekspert Daniel Shvarz.

“Group14” xodimi Grant Reyning aytishicha, kompaniyaning texnologiyasi elektromobil ommalashishi yo’lidagi asosiy to'siqlardan biri - "zaryadlash xavotiri"ni kamaytirishga qaratilgan.

“Zaryadlash vaqtini olsak, hozir 10 daqiqada 10% dan 80% gacha zaryadlash mumkinligi haqida eshityapmiz. Agar bu besh daqiqaga tushsa-chi? Mashinaga yonilg'i quyish vaqtiga yaqinlasha boshlasa-chi?” – deydi u.

Bayden ma'muriyati iqlim o'zgarishiga qarshi kurashning bir qismi sifatida elektromobillarga e’tiborni oshirdi.

Aksariyat respublikachilar bunday siyosatga qarshi.

"Ular butunlay elektrga o'tib, sizni biznesingizdan ayirmoqchi", - degan edi sobiq prezident Donald Tramp.

Berdichevskiyning aytishicha, elektr transport vositalarini dunyoga taqdim etgan AQSh innovatsiyalar qilish imkoniyatidan qochmasligi kerak.

“Oq uyda kim bo’lishidan qat’i nazar, dunyo to’liq elektr transport vositalariga o'tmoqda", - deydi u.

Toza energiya prezidentlik saylovi mavsumida bahsli mavzulardan biri, ammo Mouses Leyk kabi shaharchalar yuzlab yangi ish o'rinlari yaratayotgan ilg'or sanoatdan foyda olishga umid qilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG