Breaking News

Xitoy dronlari AQShda josuslik uchun qo'llanilyaptimi?


Xitoy dronlari AQSh xavfsizligiga tahdidmi?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:20 0:00

Xitoyda ishlab chiqarilgan dronlar - global bozorda ommabop mahsulot. Ulardan Amerikada davlat idoralari ham foydalanadi. Kiberxavfsizlik bo’yicha ekspertlar Xitoy dronlaridan foydalanish xavfi haqida ogohlantirmoqda.

Dronlar haqida gap ketganda, bitta brend boshqalaridan ustun turadi. Shenchjenda asoslangan “DJI” kompaniyasi fotografiyadan tortib, nozik obyektlarni qo’riqlashgacha, dronlar bozorini egallab olgan.

Muammo ham shunda, deydi kiberxavfsizlik bo’yicha ekspertlar.

AQSh Federal qidiruv byurosi hamda Kiberxavfsizlik va infrastruktura agentligining ogohlantirishicha, Xitoyda so’nggi yillarda qabul qilingan qonunlar hukumatga Xitoy firmalari to’plagan har qanday ma’lumotni ko’rish imkonini beradi.

Amerika bo’ylab qo’llanilayotgan dronlar josuslik vositasiga aylanishi mumkin, deya ogohlantiradi bu idoralar.

“Masalan, katta bir shaharning politsiya boshqarmasi drondan foydalansa, u olgan tasvirlar Xitoyga uzatilishi mumkin. Amerikada harbiylar, o’rmon xizmati, federal organlar, o’t o’chirish brigadalari ham dronlarni ishlatadi. Demak, AQShdagi jamoat xavfsizligi, shuningdek, oz miqdorda milliy xavfsizlik haqida ham ma’lumot olishingiz mumkin”, - deydi Jeyms Luis, kiberxavfsizlik bo’yicha ekspert.

Bunday ogohlantirishlar yangilik emas. 2021-yilda mahsulotlari josuslik uchun qo’llanishi mumkin bo’lgan “DJI” va boshqa Xitoy kompaniyalarini AQSh sanksiya ro’yxatiga kiritgan.

2023-yilda esa Kongress federal agentliklarning Xitoy dronlarini xarid qilishi va foydalanishini, mahalliy idoralar federal mablag’ hisobiga bunday dronlarni sotib olishini taqiqladi.

Pekin josuslik haqidagi da’volarni inkor etadi.

“AQSh milliy xavfsizlik konsepsiyasini haddan ziyod keng talqin qilib, Xitoy firmalariga bosim o’tkazish, eksport nazoratini suiiste’mol qilish uchun bahonalar o’ylab topadi”, - deydi Tashqi ishlar vazirligi so’zlovchisi Van Venbin.

Yangi yo’riqnomada biror aniq hodisaga ishora qilinmagan, unda Amerikaning o’zida ishlab chiqarilgan dronlardan foydalanish tavsiya etiladi. Biroq Xitoy dronlari ishonchli va AQShda ishlab chiqarilgan o’xshash modellardan ancha arzon.

“Xitoy hukumati razvedkada qo’l keladigan muayyan sanoatlarga subsidiyalar ajratadi”, - deydi Luis.

AQSh armiyasi va ba’zi federal idoralar Xitoy dronlaridan foydalanishni taqiqlagan bo’lsa-da, ko’plab boshqa agentliklar bu uskunalarga sarmoya qilib, foydalanishda davom etmoqda.

Suhbatdoshga ko’ra, yangi ogohlantirish foydalanuvchilarga yana bir eslatma,

“Bu dronlar arzonligi ularning to’liq narxini aks ettirmaydi. Xavfsizlikni ham hisobdan chiqarmaslik kerak”, - deydi Luis.

“DJI” kompaniyasiga ko’ra, mijozlar parvoz marshruti, surat va videolarni baham ko’rishga rozi bo’lsagina, kompaniya ularni ko’ra oladi. Internetga ulanmasdan, “oflayn” rejimida ham uchirish mumkin.

Amerikaning, xususan, Arkanzas, Florida, Missisippi va Tennessi shtatlari “DJI” dronlaridan foydalanishni taqiqlagan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG