Breaking News

Amerikalik musulmonlar o'z xavfsizligidan xavotirda


2023-yil oktabrda Illinoysda asli falastinlik 6 yoshli Vadea Al-Fayum onasi ijarada yashayotgan uyning egasi tomonidan 26 marta pichoqlab o’ldirildi. 71 yoshli Jozef Chubani bu jinoyatga nafrat yetaklagan.

Bu voqeadan bir oy o’tib, Vermontda arab tilida so’zlaydigan va arab milliy kiyimida yuradigan 3 ta talaba otildi. Ulardan biri asli falastinlik amerikalik 20 yoshli Xisham Avartani falaj bo’lib qoldi. 48 yoshli Jeyson Jeymsning bu jinoyatiga ham nafrat sabab deb topildi.

Bunday jinoyatlar asli Falastindan bo’lgan amerikalik Adam Abusalohni arablarning faxrli milliy kiyimini kiyishdan avval ikki marta o’ylashga undaydi.

“Notanish joyga borganimda arab milliy kiyimini kiyishni o’ylab ko’raman; falastinlik ekanligimni, musulmonligimni aytishga ikkilanaman”, - deydi Abusaloh.

7-oktyabrda Xamasning Isroilga hujumi va Isroilning G’azodagi urushi boshlangandan beri AQSh musulmonlari orasida qasos vahimasi tarqaldi. Ayrim amerikalik arablarning aytishicha, oxirgi marta bunday tuyg’uni 2001 yil 11-sentabrdagi terror hurujlaridan keyin his qilishgan. Oradan 20 yilcha vaqt o’tdi.

“Hozirgi sarosima, vahima va qo’rquv xuddi 11-sentabr voqealaridan keyingi holatga o’xshaydi, - deydi Dierborn shahridagi Arab-Amerika milliy muzeyi direktori Diana Abuali. - Birgina farqi, hozir ijtimoiy tarmoqlar ko’p va biz ularda o’z qarashlarimizni ayta olamiz”.

Dierbornlik jamoat faoli Samira Luqmon kabi amerikalik arablar xorijda, shuningdek Qo’shma Shtatlarda sodir bo’layotgan zo’ravonliklar uchun javobgarlikka tortilishdan xavotirda.

“Biz doim qil ustida yashaymiz, doim qo’rquvdamiz. O’zimiz sodir etmagan jinoyatlarga javob berishdan qo’rqamiz”, - deydi Luqmon.

Qo’rquv Samira Luqmonni ro’molini yechishga, Adam Abusalohni arab milliy kiyimini kiymaslikka majbur qildi. Rasm 2024-yil 27-fevralda Michigan shtati Dierborn shahrida olingan.
Qo’rquv Samira Luqmonni ro’molini yechishga, Adam Abusalohni arab milliy kiyimini kiymaslikka majbur qildi. Rasm 2024-yil 27-fevralda Michigan shtati Dierborn shahrida olingan.

Qo’rquv Samira Luqmonni ro’molini yechishga, Adam Abusalohni arab milliy kiyimini kiymaslikka majbur qildi. Rasm 2024-yil 27-fevralda Michigan shtati Dierborn shahrida olingan.

Qo’rquv Samira Luqmonni ro’molini yechishga, Adam Abusalohni arab milliy kiyimini kiymaslikka majbur qildi.

Aybsiz aybdorlik qo’ruvi bilan yashash 11-sentabr voqelaridan keyin Amerikadagi musulmonlar uchun hayotining bir qismiga aylanib qolgan. 7-oktabrda boshlangan G’azodagi urush bu hisni yana-da kuchaytirdi. Bu tashvishlar esa Luqmonning o’z e’tiqodini o’zi xohlagandek taqvodorlik bilan ado etishini qiyinlashtiradi.

“Umrimning qariyb 30 yili davomida ro’mol o’raganman, ammo bugungi vaziyatdagi vahima sabab men uni yechishga majbur bo’ldim”, -deydi Luqmon.

Hatto hozirgi ishidagi rahbari ham avvaliga uning e’tiqodi va ro’moli sabab Luqmonni ishga olishni xohlamaganini aytadi.

“Birga ishlash davomida men rahbarim bilan yaqin do’st bo’lib qoldim va u menga, seni ishga olishni xohlamaganman, chunki korxonamda terrorist ishlashini istamaganman=, dedi”, - deya eslaydi Luqmon.

Michigan-Dierborn universiteti dotsenti Amni Shuraydi ham odamlar uning amerikalik arab va musulmon ekanligini bilib hayron bo’lganini ko’rsa, xuddi shunday his-tuyg’ularni tuyadi.

“Atrofdagilar bilan suhbat qurganimda, menga sen o’zgachasan, juda yoqimlisan, boshqa musulmonlarga o’xshamaysan deyishadi. Shunda menda savol tug’iladi: Nega meni boshqa musulmonlardan ajratishadi? Nega barcha musulmonlar haqida shu tarzda o’ylashmaydi?”, - deydi u.

Federal Qidiruv Byurosining yaqin oradagi statistikasida amerikalik arablar va musulmonlarga qarshi nafrat asosida qilingan jinoyatlar haqida hech qanday ma’lumot yo’q. Ammo Prezident Jo Bayden 10-mart kuni Ramazon oyiga bag’ishlangan nutqida “amerikalik musulmonlarga qarshi nafrat va zo’ravonlikning qayta kuchayishi”dan xavotirda ekanligini ta’kidladi.

Bayonotda aytilishicha, Bayden ma’muriyati musulmonlar, amerikalik arablar va boshqa chetda qolgan guruhlarga nisbatan tarafkashlik, kamsitish va nafratga qarshi kurash strategiyasini ishlab chiqmoqda.

Bundan tashqari, Amerika Islomiy Aloqalar Kengashi ham antisemitzmga qarshi kurashuvchi Aksil-Tuhmat Ligasi ham 7-oktabrdan buyon ushbu jamoalarni nishonga olgan ko’plab voqealarni kuzatgan.

Musulmon ayol Michigandagi Yasmin nomli do’konda xarid qilmoqda. 2024-yil, fevral.
Musulmon ayol Michigandagi Yasmin nomli do’konda xarid qilmoqda. 2024-yil, fevral.

Musulmon ayol Michigandagi Yasmin nomli do’konda xarid qilmoqda. 2024-yil, Fevral

Yaqinda “The New York times” gazetasi “Yaqin Sharqni Hayvonlar Qirolligi orqali tushunish” nomli maqolani e’lon qildi. “The Wall Street” jurnali esa amerikalik arablarning katta qismi yashaydigan Dierborn shahrini “Jihodning Amerikadagi poytaxti” deb nomladi.

“Xohlasangiz “arab” so’zini “yahudiy” yoki “qora” so’zlariga almashtiring, toki arablar ham yorug’ dunyoda erkin nafas olsin, -deydi Abuali. - Menimcha, bu jurnallarda arablarni haqoratlash uchun litsenziya bor, arablarga nisbatan irqchilik qilish oddiy holat”.

Shuraydining fikricha, nashrlardagi bu kabi maqolalar musulmonlarga bo’lgan nafrat va zo’ravonlikni kuchayganini yana-da tasdiqlaydi. Insonni hayvonlarga tenglashtirish bu g’ayriinsoniylikning oliy ko’rinishidir.

“Amerikalik arablar – musulmonlar ham AQShda yashovchi boshqa millat vakillari kabi ham yaxshi, ham nuqsonli insonlardir, - dedi Shuraydi. - Muhimi, ular inson sifatida tan olinishi, himoya qilinishi va boshqalar qilgan xatolar uchun javob bermasligi kerak”.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG