Breaking News

AQSh Davlat departamenti terrorizm bo'yicha 2004 yilgi hisobotini chiqardi


28 aprel kuni AQSh Davlat departamentining Terrorizmga qarshi kurash bo'limi dunyodagi terrorizm borasidagi o'zining har yilgi hisobotini chiqardi. "2004 yilda terrorizm bo'yicha mamlakatlar bo'ylab hisobot" deb nomlangan bu hujjatda O'zbekistondagi vaziyat ham tilga olingan.

Unga ko'ra terrorizm hamon dunyoda eng muhim global xavf sifatida qolmoqda. Al-Qoida terroristik tashkiloti 2004 yilda ham AQShga xavf soluvchi asosiy tashkilot bo'lib qoldi. Hisobotda, shuningdek, AQShning terrorizmga qarshi kurashdagi xalqaro harakatlari va boshqa mamlakatlar bilan hamkorligi ta'kidlab o'tildi. "Qo'shma Shtatlar o'z fuqarolarini himoya qilish uchun bundan keyin ham xalqaro hamkorlikni kengaytiradi", deyiladi hisobotda.

Unda, shuningdek, O'zbekistonning ko'p tomonlama regional darajada terrorizmga qarshi kurashdagi roli ham e'tiborga olingan. Undan tashqari 2004 yilning mart, aprel va iyul oylarida mamlakatda sodir etilgan bomba portlash hollari ham eslatib o'tilgan.

Hisobotga ko'ra, terrorizm va hukumatga qarshi xavfni bartaraf qilish O'zbekiston hukumati siyosatidagi ustuvor yo'nalishlar qatoridan joy olgan. Hisobotda ma'lum qilinishicha, 2004 yilning avgust va sentyabr oylari O'zbekistondagi sudlar 80 ga yaqin kishini terroristik faoliyatda va mart-aprel portlashlarida qo'li borligida ayblanib, turli jazolarga tortildilar.

XS
SM
MD
LG