Breaking News

Bolalar adabiyoti - hayot ko'zgusi


Syuzan Stokdeyl AQShda yaxshi tanish bolalar yozuvchisi va rassomi. U hozirda yangi bir asar, noyob mavzu ustida ishlamoqda.


"Orqasiga bolasini osgan chumolixo’rni chizyapman. Yangi kitobimdagi birinchi rasm,"-deya hikoya qiladi u.. "Uni bosma qog’oz ustiga qo’yaman... Siz kelishingizdan sal oldin, manzaraning rangini chizayotgandim... Endi esa uni bosma qog’oz ustiga qo’yamanda, qalam bilan bosib turib, nusxasini olaman. Olingan nusxa menga tasvirni tushirishimda qo’l keladi... Ustidan qalam yurg’izaman, xolos... Ko’zga g’alati ko’rinishi mumkin bo’lgani bilan, menga katta yordam beradi. "


Muallif oila va bolalarni ardoqlabgina qolmay, musavvir tabiatni, ranglarni, shakllarni ham sevadi.

Bolalar uchun adabiyot yaratish uchun uzoq izlanish, kuzatish va o’rganishga to’g’ri keladi.


"O’zim qiziqqan hayvonlar ustida izlanaman, ularni o’rganaman. Internetdan ko’p narsa topaman, ayniqsa rasmlarni. Lekin bu bilan kutubxonaga borib, ishlashni ham unutmayman. Hayvonot bog’iga borib, g’aroyib jonivorlarni kuzataman. Bu kishiga yangi g’oyalar beradi. Qaysi hayvonni chizishim kerakligini bilaman,"-deydi Syuzan.


Syuzan Stokdeyl, yozuvchilik va rassomchilikdan tashqari, muallimlik ham qiladi. Merilend shtatidagi boshlang’ich maktablarga borib, o’quvchilarga yangi kitobi haqida hikoya qilib beradi.


”Tabiat bo’yog’i” deb atalgan kitobida Syuzan tabiiy olamning ko’rinishi va ranglar hamda ularning hayot uchun qanchalik muhimligi haqida hikoya qiladi. Ba’zida yolg’iz ishlab zeriksa, shahardagi maktablarga boradi. Uning eng so’nggi kitobi o’smirlarga atalgan. Unda hayvonlarning o’z bolalarini qanday olib yurishi haqida bitilgan.

Syuzan Stokdeyl qalamiga va bo’yog’iga mansub kitoblar o’qituvchilar, ota-onalar va bolalar tomonidan birdek olqishlanadi.


"Kitoblarimning odamlarga yoqqanini bilish men uchun katta baxt... Bu menga tasalli beradi. Men asarlarimda dunyo, hayotni tushuntiraman..."

Muallifning hayotga nisbatan cheksiz muxabbati uning rang-barang kitoblarida o’z aksini topadi.




XS
SM
MD
LG