AQSh hukumatining Andijon voqealariga doir rasmiy munosabati


Birlashgan Millatlar Tashkilotining so'nggi hisobotida yozilishicha, Andijon'dagi namoyishlar paytida ko'p sonli fuqarolar ayovsiz otib o'ldirilganlar. BMTning maxsus tergov guruhi Andijon namoyishlari hukumat tomonidan qonli ravishda bostirilgandan so'ng qo'shni Qirg'izistonga qochib, boshpana so'rayotgan qariyb 500 qochqin bilan suhbatlashib, ma'lumot yiqqan.

Namoyishlar diniy ekstremizmda ayblangan 23 nafar ishbilarmon ustidan hukm chiqishi bilan boshlagan edi. O'sha ishbilarmonlar, qamoqxonaga bostirib kirib, hukumat binolarini ishg'ol qilgan hamda fuqarolarni garovga olgan qurolli shaxslar tomonidan ozod qilingan. Hukumatdagi suiste'mol qilish hollari, ishsizlik va ijtimoiy adolatsizlikdan noligan andijonliklar o'z noroziliklarini namoyish qilib, ko'chaga chiqqan edilar. Hukumat kuchlari esa, to'plganlarni ogohlantirmasdan, ayovsiz bir necha bor o'qqa tutgan.

O'zbekiston hukumati, namoyishlar chog'ida 200 dan kamroq kishi o'lganligini da'vo qiladi. Lekin BMT hisobotida yozilishicha, inson huquqlari bilan shug'ullanadigan tashkilotlar va boshpana so'rayotgan fuqarolar ham doxil boshqa manbalar, halok bo'lganlar sonini yuzlarcha, deb ko'rsatadi.

Hodisa guvohlarining gapiga qaraganda, Andijondagi voqealarni "ommaviy qirg'in" deb ta'riflash mumkin. BMT so'zlovchisi Xose Diasning aytishicha, Andijondagi voqealar bo'yicha guvohlarning bergan ma'lumotlari bilan O'zbekiston hukumati qilgan hisoblar o'rtasida katta qarama-qarshiliklar bor.

Xose Dias: "Hokimiyatga qarashli binoning ishg'ol qilinganligi, qamoqxonaga hujum uyushtirilib, mahbuslarning ozod etilganligiga doir savollarga batafsil javob olish uchun sinchkov tergov o'tkazilishi kerak. Hisobot orqali BMT inson huquqlari bo'yicha Bosh komissari, may oyi o'rtasida Andijonda sodir etilgan voqealar bo'yicha mustaqil xalqaro tekshiruvning o'tkazilishiga yana bir bor chaqiradi."

Davlat Departamentining so'zlovchisi Tomas Keysi, AQSh hukumati ham, O'zbekiston'dan, Andijon voqealari bo'yicha xalqaro tergovni o'tkazishga ruxsat berishni so'rashda davom etadi, deydi.

Tomas Keysi: "O'zbekiston hukumati, ushbu jarayonlar ustidan, jiddiy, ishonchga sazovor, mustaqil tergovni o'tkazishdan, o'z fuqarolari hamda xalqaro jamoatchilik oldida qarzdor. Va biz O'zbekiston hukumati va xalqaro hamjamiyati doirasidagi sheriklarimiz bilan hamkorlikda ana shunday tekshiruvning o'tkazilishi uchun harakat qilmoqdamiz. Biz, har doimgidek, bunday tergovga ko'maklashishga tayyormiz."

O'zbekiston hukumati, inson huquqlarini himoya qilish borasida olg'a siljimagan hamda o'zining majburiyatlarini bajarmagan taqdirda, AQSh, O'zbekistonga beradigan yordamini to'xtatishga majbur. Davlat kotibi Rays, O'zbekiston'ga yordam berishni davom ettirishga doir bu yilgi qarorni chiqarishdan avval, u mamlakatdagi iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy islohotlarning ahvoliga doir barcha masalalarni, va shu jumladan, so'nggi voqealarni ham inobatga oladi.

XS
SM
MD
LG