Breaking News

Toshkentda AQSh elchixonasining yangi binosi ishga tushirildi


AQShning O`zbekistondagi elchixonasi joylashgan yangi bino qurilishiga 60 million AQSh dollari atrofida mablag` sarflangan. Elchixona vakillariga ko`ra, bu mablag’ning 10 million dollarga yaqini O`zbekiston iqtisodiyotiga qo`shilgan.

AQSh elchixonasi joylashgan Toshkent shahridagi Yunusobod tumanidagi yangi bino 4,5 gektar maydonni band etadi. Elchixona binosi ilg’or zamonaviy me'morchilik asosida uch qavatli ko`rinishda qurilgan. Mutaxassislarning baholashicha, yangi bino xafvsizlik talablariga to`la javob beradi. Bundan tashqari yangi binoda fuqarolarga xizmat ko`rsatish imkoniyatlari ham ancha kengaytirilgan.

Jurnalistlar bilan uchrashuvda ta’kidlanishicha, Toshkentda elchixonaning yangi binosini qurilishi mahhaliy iqtisodiyotga ham yordam ko`rsatgan.

2003 yilda qurilishi boshlangan bu binoda uch yil mobaynida 300 dan ortiq mahalliy fuqaro ish bilan band bo`lgan. Bino qurilishiga 60 million dollar sarflangan.

Ma’lumotlarga ko`ra, mablag`ning 10 million dollarga yaqini qurilish mollarini xarid qilish va ishchi kuchini jalb etish hisobiga mahalliy iqtisodiyot foydasiga sarflangan. Binoni bezaklash ishlarida o`zbekistonlik rassom va san’atkorlarning ijod namunlaridan foydalanilgan.

Elchixonada asosiy idoralardan tashqari konsullik bo`limi, so’nggi texnik vositalar bilan jihozlangan konferens-zallar, axborot-resurs markazi ham bor. Konferens-zalda AQSh bilan bevosita telemuloqot o`tkazish imkoniyati bor.

Axborot-resurs markazida kitoblar, davriy nashrlar, video materiallar bor. Ular AQSh haqida ma’lumot berishdan tashqari inson huquqlari, so`z erkinligi, demokratlashtirish mavzusida ham axborot beradi.

Elchixona xodimlariga ko’ra, axborot-resurs markazi ingliz tilini bepul o`rgatish, bu boradagi adabiyotlarni taqdim etish, o`quv kurslari doiralarini kengaytirish bilan ham shug’ullanadi. Markaz O`zbekistonning bir qator shaharlarida talabalar uchun mo`ljallangan “Amerika burchaklari” to`garaklari yordamida ingliz tilini o`rgatadi.

Yunusobodda joylashgan yangi AQSh elchixonasi binosining ochilish marosimi dekabr oyida bo`lib o`tgan, lekin elchixona faoliyati yangi binoda fevral oyidan rasman boshlandi.

Yangi binoning ochilish marosimida O`zbekistoin tashqi ishlar vaziri Elyor G`aniev va Toshkent shahar hokimi Abduqahhor To`xtaev, shuningdek, AQSh Davlat departamenti vakili general Charlz Uilyamslar ishtirok etishgan edi.

AQShning Chilonzor tumanidagi eski elchixonasi 3 fevraldan rasman yopilgan. AQSh elchixonasining yangi binosi Yunusobod tumanining Moyqo`rg’on ko`chasida joylashgan.

Elchixona bilan bo`glanish telefon raqamlari o`zgarmagan, avvalgi raqamlar qoldirilgan.

XS
SM
MD
LG