Breaking News

Tolibon garovidagi koreyaliklar taqdiri: o'zbekistonliklar munosabati


Janubiy koreyalik missionerlar Afg’onistonda 19 iyulda garovga oligan edi. Hozirgacha ulardan ikki nafari toliblar tomonidan qatl qilindi.

Toshkentda 180 mingga yaqin koreys yashaydi. O`zbekiston koreys madaniyati markazi rahbari Vladimir Shinning aytishicha, Afg`onistondagi voqealar O`zbekistonda, jumladan, o`zbekistonlik koreyslar tomonidan tashvish bilan qabul qilinmoqda

"O`zbekiston va Koreya strategik hamkor hisoblanadi. Shu bois bir mamlakatda ro`y bergan baxtsiz hodisa ikkinchi mamlakatga o`z ta’sirini ko`rsatadi. Ayniqsa, bizni - O`zbekistondagi koreyslarni bu baxtsiz hodisa ikki karra tashvishga soldi. Voqea tavshish bilan kuzatilmoqda. Ularning ozod etilishiga umid qilinmoqda”, - deydi Koreys madaniyat markazi rahbari Vladimir Shin.

Vladimir Shinning aytishicha, u siyosatchi emas, biroq garovdagi koreyslarni ozod qilish, ularning hayotini saqlab qolish uchun mas`ul rasmiylar muzokara qilishi, ularni ozod qilishning barcha yo`llarini ishga solishi zarur.

Toliblar Janubiy Koreya harbiylarini Afg’onistondan olib chiqish, qamoqda saqlanayotgan toliblarni ozod etishni talab qilmoqda.

Tarixchi olim Fayzulla Is’hoqov nazarida xalqaro hamjamiyat vakillari ba`zan Afg`onistondagi vaziyatni hisobga olmasdan harakat qilayapti.

“Musulmon davlatida dinga fanatik tarzda berilgan aholi orasida nasroniy dinini targ`ib qilish uchun borgan januniy koreyaliklar. Xristianskaya missiya, deydi. Bu yerda nasroniylikni pesh qilish mumkin emas. Yordam beriladigan bo`lsa, dinni reklama qilmasdan, beg`araz yordam berilishi kerak. Ular orasida tushunadigan odamlar bor. Bitta buyrug`i bilan million odam bosh ko`taradi. Hozir koreyaliklarni himoya qilishda ham nasroniy missionerlikka urg`u berihsmoqda. Ularni esa aynan missionerligi uchun o`ldirishga tayyor turishibdi”, - deydi tarixchi olim.

Garovda ushlab turilgan janubiy koreyaliklardan ikki nafari qatl etilgan. Toliblar garovdagilarning hayoti uchun javobgarlikni Afg`oniston, AQSh va Koreya hukumati bo’yniga yuklamoqda.

XS
SM
MD
LG