Yevropa Markaziy Osiyo tabiiy gazini Ozarbayjon orqali oladi


Yevropa Ittifoqi Ozarbayjonni uni Markaziy Osiyo bilan bog’lovchi muhim davlat deb atamoqda.

Mintaqa tabiiy gazi Yevropaga shu mamlakat orqali o’tkazilishi rejalanmoqda.

4 fevral kuni ittifoqning tashqi aloqalar bo’yicha komissari Benita Ferrero-Valdner Bakuda qator muzokaralar olib borgan.

Shu kuni Ozarbayjon poytaxtida Yevropa Ittifoqi vakolatxonasi ochilgan.

Yevropa Markaziy Osiyo gazini Rossiyani chetlab o’tgan holda olishni maqsad qilgan. Ozarbayjon hukumati ittifoq bilan bu boradad strategik bitimlar imzolashga tayyor ekanini ishora qilmoqda.

XS
SM
MD
LG