Isroildan falastinlik talabalarga viza berish so'ralmoqda


Qo’shma Shtatlar nazarida Isroil falastinlik talabalarga AQShga kelib o’qish uchun ruxsat berishi lozim.

AQSh Davlat departamenti yurituvchi Fulbrayt nomidagi ta’lim dasturi oliy ma’lumotli mutaxassislarga AQShda o’qish va izlanish imkonini beradi. Biroq G’azo sektori aholisi bu imkoniyatdan mahrum qilingan.

Isroil xavfsizlik nuqtai-nazaridan sektorda cheklovlar joriy etganini tushunamiz, deydi AQSh rasmiylari, biroq falastinlik talabalarning AQShda ta’lim olishi Isroil hukumati uchun hech qanday muammo tug’dirmaydi.

Isroil G’azo sektoridan chiqish uchun viza bermagani sabab, yaqinda yetti talaba Fulbrayt dasturida ishtirok etish huquqini boy bergan. Mavzu Nyu-York Tayms gazetasida yoritilgach, ham Isroil, ham AQSh rasmiylari e’tiborini jalb qilgan.

AQSh Davlat departamenti vakili Tom Keysi “masalani Isroil hukumati bilan muhokama qilyapmiz,”, - deydi. “Yuqorida tilga olingan talabalar hujjatlarini qayta topshirishi mumkin”.

AQShning Toshkentdagi elchixonasi ham o’tgan oy Fulbraytning yangi dasturi haqida e’lon qilgan edi. Tanlovdan o’ta olgan ishtirokchilar AQSh universitetida 2 yil o’qib, magistrlik darajasini oladi. Gumanitar, ijtimoiy, aniq fanlar va muhandislik kabi yo’nalishda izlanayotgan mutaxassislar qatnashishi mumkin.

XS
SM
MD
LG