Neftga boy davlatlarda avtoritarizm rivojlanmoqda


Vashingtonda asoslangan Freedom House (Ozodlik uyi) tashkilotining “O’tish davridagi davlatlar” mavzusida chiqariladigan yillik hisobotiga ko'ra, neftga boy Rossiya, Ozarbayjon va Qozog’iston kabi davlatlarda mas’uliyatsizlik, korrupsiya va siyosiy bosim kuchaygan.

Freedom House yillik hisobotida davlatlar bir necha ko’rsatkichlar bo’yicha baholanadi. Nomlari tilga olingan uch mamlakat, deyiladi hisobotda, 1999 yildan beri barcha ko’rsatkichlar bo’yicha ortga surilib borgan. Tashkilot xodimi Kristofer Uoker buni ushbu mamlakatlarda qisman neft sanoatining rijovi bilan bog’lamoqda.

Hisobotda 2010 yilda Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotiga raislik qilish huquqining ilk bor nodemokratik davlat - Qozog’istonga berilishi tanqid ostiga olinadi.

Rossiyada saylov tizimi, fuqarolik jamiyati va davlat boshqaruviga avtoritar tuzum ostida darz ketgan. 15 mamlakatda mustaqil matbuot davlat tomonidan kuchli nazoratga olingan. Jumladan Internet ham. Ukraina bundan mustasno deyiladi hisobotda.

Freedom Housega ko’ra, Yevropada uyg’unlik yetishmaydi, kelasi bir necha yil ichida Sharqiy Yevropaning Rossiya yonilg’isiga tobeligi oshgach esa ahvol yanada yomonlashadi.

Hisobotga asosan sobiq SSSR va Sharqiy Yevropa mamlakatlari kiritilgan. Ulardagi fuqarolik jamiyati, saylov jarayoni, mustaqil matbuot, davlat boshqaruvi, sud tizimi va korrupsiya darajasi tahlil qilingan.

O’zbekistonga barcha ko’rsatkichlar bo’yicha salbiy baho berilgan. 1999 yildan beri bironta yo’nalish bo’yicha olg’a siljish kuzatilmagan. 2007 yilgi prezident saylovlarida ikki muddatni o’tab bo’lgan Islom Karimovga uchinchi bor saylanish huquqining berilishi tashkilot uchun yangilik bo’lmagan, deyiladi Freedom House ning yillik hisobotida.

XS
SM
MD
LG