Breaking News

AQShga visasiz kiradiganlar endi biometrik pasport ko'rsatishadi  - 2004-10-28


AQShga avval vizasiz kela oladigan ba’zi davlatlarning fuqarolari endilikda bu mamlakatga kirish uchun maxsus, yangi hujjatga ega bo’lishlari lozim, ya’ni biometrik pasportlarga.

Amerikaga Yaponiya, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Singapur va Yevropaning bir necha davlatlaridan vizasiz safar qilish imkoniyatiga ega kishilar elektronik pasportlar ko’rsatishlari zarur.

AQSh ichki xavfsizlik vazirligining yaqinda joriy etilgan qoidasiga asosan, bu yangi hujjatga ega bo’lmagan yo’lovchi mamlakatga kiritilmaydi. Biometrik pasportlar bu, kishining shaxsiy ma’lumoti va rasmini xalqaro tartiblarga xos ravishda saqlovchi elektronik bazadir. U optik ravishda tekshiriladi.

Vashington yaqinidagi Dalles Xalqaro Aeroportidagi yo’lovchilar, jumladan Shvetsiya fuqarosi Matyus Kallen, yangi talabga qarshi emasman, deydi:

"Xavfsizlik hukm sursa, bu yaxshi. Bu choralar tinchlikni taminlash uchun bo’lsa, mayli."

Ammo, italiyalik Silviya Dalla, yangicha tekshiruv haqida boshqacha fikrda:

"Bilmadim. Yevropada safar qilsam, u yerda bunday tekshiruvlardan o’tmayman. Bunga o’rganmaganman. AQShga kelganimda esa bu holni ko’rib, o’zimni noqulay sezaman."

AQSh mulozimlariga ko’ra, barmoq izlarini va shaxsiy ma’lumotlarni elektronik shaklda saqlash terroristlarni mamlakatdan narida saqlash yo’lida xizmat qiladi.

XS
SM
MD
LG