AQShdagi chet ellik yoshlar: o'qish juda qimmatga tushyapti  - 2004-11-15


So’ngi ma'lumotlarga ko’ra, hozirda AQSh universitet va kollejlarida 600 mingga yaqin chet ellik talaba bor.

Amerikada uch ming olti yuzdan ziyod oliy o’quv yurtlari mavjud.

Qayerda o’qishni tanlash talaba qiladigan end muhim qarorlardan biri. Universitetning hajmi, qayerda joylashgani va qaysi fanlardan yaxshi bilim berishini bilish katta ahamiyatga ega.

AQShda osiyoshunoslikdan bilim olish uchun kelish g’alati tuyulishi mumkin, ammo singapurlik Karen Vong uchun bu oddiy hol bo’ldi:

"AQSh siyosiy fanlar va xalqaro aloqalar bo’yicha dunyodagi eng zo’r oliy ta’lim tizimiga ega. Bu yerda jahonni tebratadigan kishilar bilan uchrashasiz, birga ovqatlanasiz, vaqt o’tkazasiz. Boshqa mamlakatlarda bunga iloji yo’q."

Sheril Darrup-Boychuk, "AQSh Akademiklari Jurnali" deb nomlanuvchi Internet nashriga muharrirlik qiladi. Jurnal Amerikada o’qishga qiziqqanlarga qaysi universitetni tanlash, o’qish haqqini qanday to’lash kabi mavzularda maslahatlar beradi. Maqsad - AQSh oliygohlarini tashviq qilish.

"Menimcha, AQShda o’qishga qiziqqan xalqaro talabaning birinchi vazifasi o’z maqsadini aniqlash. Aynan qaysi sohada bilim olishni istaydi? Qo’shma Shtatlarda 500dan ko’p sohalar boy’icha ta’lim olish mumkin," deydi Darrup-Boychuk.

Internet Amerikada o’qishga qiziqqanlar uchun eng asosiy vosita. Ko’pchilik oliygohlar talabalarni bahosiga qarab, qabul qilsa-da, abiturientning qanchalik mehnatkash ekani ham muhim omillardan biri.

AQShda ta'lim olish juda qimmat. O’qish haqqi talabaga yiliga 40 ming dollarga tushishi mumkin.

Bu yerda yashash uchun esa 15 mingdan to 40 ming dollargacha sarflashadi. Ba’zilarga oliygohning moliyaviy ko’magi nasib etadi.

"... Universitetim hech qanday moliyaviy ko’mak bermaydi. Shu sabab, bankdagi hisobimdan ko'p pul olishga majbur bo’ldim. Ularga bankda 50 mingcha dollarim bor, deb ko’rsatishga to'g'ri keldi," deydi o'qishi uchun o'zi to'laydigan hindistonlik yoshlardan biri.

Uning oilasi universitetga topgan-tutganining hammasini ko’rsatdi. Qolganini qarz olishdi. Bu ko’pchilik chet ellik yoshlar uchun tabiiy hol.

AQShda o’qishni va bu yerda ishlab, bilim haqqini to’lashni rejalayotgan talaba, avvalo, Amerikadagi oliygohdan, qabul qilingani haqida maktub olishi lozim.

Viza uchun shundan keyingina murojaat qilinadi. Undan AQShda o’qish va yashash uchun yetarli puli borligini isbotlovchi bank qog’ozlari talab qilinadi.

XS
SM
MD
LG