Tibbiyot Olamida: Kamerali tabletka


Endoskopiya - qizilo’ngachni uzun, egiluvchan naycha orqali tekshirish, ham bemorlar, ham shifokorlar nazarida ancha og’riqli jarayon hisoblanib kelgan.

Odatda, bunday ko’rik oldidan kishiga og’riqqa qarshi dori beriladi. Endilikda bu maqsadda yangicha vositadan foydalanishmoqda, ya'ni kamerali tabletkadan. Plastmassa kapsulaning ikki uchida video kamera bor.

"Buni mini-televizion markaz, desa bo’ladi. O’rtasidagi qora narsa – kamera, shuningdek, tasvirni olish uchun yorug’lik hosil qiluvchi qismi ham bor," deya tushuntiradi AQshdagi Mayo Klinikasi shifokori Virenda Sharma.

Kamerali tabletka orqali qizilo’ngachni hech qanday og’riqsiz tekshirish mumkin. Bir stakan suv ichib, 20 daqiqacha vaqt ajratsangiz bas.

Dori ichilganidan keyin, kapsula qizilo’ngach bo’ylab aylanib, sekundiga 14 ta rasm oladi.

Kamera tasvirlarni bemorning beliga bog’langan elektron moslamaga uzatadi. Bemor tekshiruvdan keyin bemalol ketaverishi mumkin, deydi vositani sinab ko’rgan shifokorlardan biri. "Uni oddiy tabletka, desak bo’ladi."

Ba’zi mutaxassislarning fikricha, kamerali tabletkani, davolash va tashhis qo’yishda ham ishlatish mumkin. Lekin, hozircha, vosita, og’riqning oldini olish maqsadida qo’llanyapti.

XS
SM
MD
LG