Breaking News

BMTning bolalar fondi YuNICEF chiqargan yangi hisobot ta'lim muammolariga bag'ishlangan


BMTning bolalar fondi YuNICEF tomonidan chiqarilgan yangi hisobotga ko'ra, dunyo bo'yicha maktabga boradigan bolalarning soni oshgan. Biroq shunga qaramay hali ham 100 millionga yaqin bolalar, va asosan, qizlar, boshlang'ich ta'limga muhtoj.

Hisobotda, shuningdek, ta'limdagi jinsiy farqning, ya'ni boshlang'ich maktablarda o'gil bollar va qizlar o'rtasidagi farqning qisqargani ta'kidlanadi. Dunyo bo'ylab umumiy ijobiy raqamlarga qaramay, ayrim joylarda hali ham ko'p bolalarning, va ayniqsa, qizlarning boshlang'ich ta'limga imkoniyati yo'q.

YuNICEF ijroiya direktori Karol Bellamining ma'lumotiga qaraganda, ta'limga imkoniyati yo'q har bir 100 o'gil bolaga, 117 ta qiz bola to'g'ri kelarkan."

30-betlik hisobotda 180 ta davlatdagi bu boradagi vaziyat ta'riflanadi. Hisobotdagi bashoratga qaraganda, uning orasidagi 125 ta davlat Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2005 yilgacha jinsiy tenglikka erishish bo'yicha oldiga qo'ygan maqsadiga erishsa, 55 tasi bunga erisholmaydi.

Lotin Amerikasi, Qarib dengizi atrofi va Sharqiy Osiyoda raqamlar so'nggi yillar ichida o'sgan bo'lsa, Yaqin Sharq, Afrika va Janubiy Osiyoda esa qiz bolalarning boshlang'ich ta'limga imkoniyatlari, o'gil bolalarnikidan ancha past.

Qizlarning ta'limga imkoniyatini yaratish, deydi Bellami, juda muhim, chunki ta'lim orqali ular nafaqat bilim oladilar va, hattoki, ularning boshlang'ich ta'lim olishi sog'liqlariga, oiladagi moliyaviy sharoitlariga, kelajakdagi farzandlarining sog'ligi va farovonligiga chambarchas bog'liq.

Nochorlik, qurolli mojarolar va SPID, YuNICEFning hisobotiga ko'ra, bolalarning ta'limi olishi uchun to'sqinlik qilayotgan boshqa omillaer sifatida ko'rsatildi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2015 yilgacha maqsadi - dunyo bo'ylab jinsiy tenglikni va o'rta maktab ta'limiga teng imkoniyatlarni ta'minlash.

XS
SM
MD
LG