Breaking News

Afg'oniston va Pokistonda xurujlar


Politsiya Bacha Xon universitetida, Charsadda shahri, Pokiston, 20-yanvar, 2016-yil
Politsiya Bacha Xon universitetida, Charsadda shahri, Pokiston, 20-yanvar, 2016-yil

Bugun Pokistonning Charsadda shahrida jangarilar mahalliy universitetga hujum qilib, kamida 21 kishini o'ldirgan, o'nlab odam jarohat olgan. Rasmiylarning ma'lum qilishicha, to'rt terrorchi saharda Bacha Xon universitetiga kirib, talaba va o'qituvchilarni o'qqa tutgan.

Pokiston Tolibonining vakili Muhammad Xurosoniy harakatning bu hujumga aloqasi yo'q, demoqda.

"Biz noharbiy inshootlarni nishonga olmaymiz, bu shariatga ziddir", - dedi Xurosoniy "Amerika Ovozi"ga bergan bayonotida.

Biroq bundan oldin Tolibon qo'mondonlaridan biri o'z odamlarini universitetga yo'llaganini tan olgan edi. Ular harbiylar bilan to'qnashuvda yo'q qilingan, deydi armiya so'zlovchisi Osim Bajva.

Pokiston Bosh vaziri Navoz Sharif hujumni qoraladi.

Charsadda shahri Xaybar Paxtunxva viloyatida, ma'muriy markaz Peshovardan 50 kilometr narida joylashgan. Bacha Xon universitetida uch mingdan ziyod talabaning tahsil oladi.

Bugun Afg'oniston poytaxti Kobulda ham xuruj sodir etilgan. Rossiya elchixonasi yonida bir odam mashinada o'zini portlatib, to'rt odam, jumladan uch ayolning hayotiga zomin bo'lgan. 28 kishi jarohat olgan.

Elchixona xodimlariga zarar yetmagan, deya bildiradi Rossiya Tashqi ishlar vazirligi.

Mahalliy matbuot xususiy televizion kanalining ijodkorlari ketayotgan mikroavtobus terrorchining nishoni bo'lgani haqida xabar qilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG