Jazoirda jangarilarga qarshi operatsiya yakunlangan

  • Amerika Ovozi

Jazoirning Aminas shahri... Jangarilar bu yerda joylashgan gaz konida 100 dan ortiq ishchini garovga olgan edi.

Jazoirning Aminas shahri... Jangarilar bu yerda joylashgan gaz konida 100 dan ortiq ishchini garovga olgan edi.

Jazoirda tabiiy gaz inshootida odamlarni garovga olgan jangarilarga qarshi operatsiya yakunlandi, deya bayon qiladi Britaniya Mudofaa vaziri Dilip Xammond. Afsuski, deydi u, ko'plab insonlarning yostig'i quridi.

Fojiada terroristlar aybdor, deydi vazir, o'lganlar orasida inglizlar ham bo'lishi mumkin.

Jazoir davlat axborot vositalariga ko'ra, maxsus kuchlar olib borgan harakatda 11 jangari yo'q qilingan. Garovga olinganlarning kamida yetti nafari terrorchilar tomonidan o'ldirilgan, deydi rasmiylar, lekin bu son kattaroq ham bo'lishi mumkin.

Fransiya nazarida Jazoir jangarilarga nisbatan to'g'ri chora ko'rgan, ya'ni ular bilan murosa qilmagan. Qonxo'r terrorchilar bilan kelishib bo'lmaydi, deydi fransuz diplomatlari.


Shimoliy Afrikada al-Qoida chuqur ildiz otib, muqim bazalarga ega bo’lishiga yo’l qo’yilmaydi va Amerika buning uchun mintaqa davlatlariga yordamni oshiradi, deydi AQSh Mudofaa vaziri Leon Panetta.

Prezident Barak Obama maxsus bayonot chiqarib, o'lganlarning oilalariga hamdardlik bildirdi. "Jazoir hukumatiga yordamga shaymiz",- dedi u.

Jazoir davlat televideniyesining xabar berishicha, armiya jangarilarga qarshi operatsiya olib borganida 12 kishi o’lgan, ular orasida chet elliklar ham bor.

Amerika hukumati halok bo’lganlardan biri uning fuqarosi ekanini tan oldi.

Davlat kotibasi Xillari Klinton bu borada savolga tutilganida, xavfsizlik nuqtai nazaridan bu borada ko’p gapira olmayman, dedi.

Jangarilar 16-yanvar kuni tabiiy gaz kompleksini egallaganida 130 dan ortiq odamni garovga olgan, keyinroq aksariyatini qo’yib yuborgan bo’lishi mumkin. Lekin bu fakt ekanini tasdiqlovchi isbot-dalil mavjud emas.

Jazoir telekanali ko’rsatgan tasvirlarda bir necha kishi garovda bo’lgani va aynan harbiylar tomonidan qutqarilganini da’vo qilgan.

Bu mamlakat rahbariyati xalqaro hamjamiyatni tinchlantirishga urinib, vaziyat butkul uning nazoratida ostida ekanini bildirmoqda. Terroristlarga qarshi kurasha olamiz va garovdagilarni qutqaramiz, deydi Jazoir rasmiylari.

Aminas shahri yaqinidagi gaz konida amerikaliklar, inglizlar, yaponlar, rumin va filippinliklar bo'lgan, shuningdek, Norvegiya fuqarolari. Kompleks Jazoir, Britaniya va Norvegiya hamkorligida yuritiladi.

Jangarilar bu xurujni Malida Fransiya qo'shinlari olib borayotgan harakatga javob deb aytgan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG