Belarus Shvetsiyadan diplomatlarini chaqirib oldi

  • Amerika Ovozi

Prezident Aleksandr Lukashenko

Prezident Aleksandr Lukashenko

Belarus hukumati Shvetsiyadagi elchisi va barcha diplomatlarini vatanga chaqirib olgan.

Bu o’tgan oy Belarusda inson huquqlari bilan bog’liq ahvolga diqqatni qaratgan tashabbusga javobdir.

4-iyul kuni shved faollari kichik samolyotda Ivenets va Minsk uzra parvoz qilib, yuzlab o’yinchoq ayiqlarni yerga tashlagan.

Har bir o’yinchoqqa huquqni hurmat qilishga da’vat etuvchi noma solingan.

Prezident Aleksandr Lukashenko mudofaa vazirligidan ikki rasmiyni samolyotni mamlakatga kiritgani uchun tanqid qilib, ishdan bo’shatgan.

Belarusda inson qadr-qimmati yer qilinib, huquq poymol etilayotgani G’arb e’tiroziga sabab bo’lib keladi.

2010-yilgi prezident saylovlarida Lukashenko g’olib deb e’lon qilingach, ommaviy namoyishlar boshlangan va hukumat chiqishlarni ayovsiz bostirgan edi.



Shundan keyin Yevropa Ittifoqi va Qo’shma Shtatlar rasmiy Minskka sanksiyalarni kuchaytirgan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG