Breaking News

Chen Guancheng vatanini qonunni hurmat qilishga chaqirmoqda


Chen Guangcheng rafiqasi bilan Vashingtonda. 2012-yil 19-may.
Chen Guangcheng rafiqasi bilan Vashingtonda. 2012-yil 19-may.

Xitoylik huquq faoli Chen Guangcheng rasmiy Pekinga murojaat qilib, oilasi va boshqa dissidentlarga nisbatan tazyiqlarni to'xtatishga chaqirdi.

Nufuzli The New York Times gazetasida chiqargan maqolasida u qonunsizlik Xitoy oldida turgan ”fundamental masala” deya ta’kidladi.

Chen rafiqasi va farzadlari bilan yaqinda AQShda boshpana topdi.

Xitoy qonunlari ko’p, biroq ular ustuvor emas, deydi faol.

Majburiy abort siyosatini tanqid qilganligi uchun 2006-yilda Chen 4 yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi. Qamoqdan chiqqach noqonuniy ravishda uyda saqlangan.

Agar mavjud qonunlar amalda qo’llansa, odamlar himoyalangan bo’lardi, deb yozadi faol.

Biroq, Chen fikricha, politsiya tartibni buzishga o'rgangan, natijada qonunga xilof ravisda hibsga olish, qamash va jazolash hollari keng tarqalgan.

Faol birinchi bo’lib "Amerika Ovozi" Xitoy xizmati bilan suhbatlashdi, vaholanki vatanida ommaviy axborot vositalari bu haqda lom-lim demagan. Bu haqda batafsil ma'lumotni mana bu yerda ingliz tilida o’qish mumkin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG