Breaking News

Xitoy Amerikaning chiqindilarini ham kiritmoqchi emas


AQSh-Xitoy: Chiqindilar jangi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:51 0:00

AQSh-Xitoy: Chiqindilar jangi

Xitoy xorijdan chiqindilarni qabul qilishni to’xtatarkan, Amerikaning qayta ishlash kompaniyalari chora ko’rishga majbur. Virjiniya shtatidagi korxona qog’oz, plastmassa kabi chiqindilarning 40 foizini Xitoyga yuborardi.

Endi Indoneziya va Vyetnam tomon yo’naltirishni rejalayotgan bo’lsa-da korxona uchun yechim emas.

“Hech bir davlat Xitoychalik katta miqdorda qabul qila olmaydi”, - deydi korxona xodimi Charlz Stivenson.

Amerika bir necha o’n yillardan beri chiqindilarining uchdan bir qismini Xitoyga jo’natadi. Rasmiy ma’lumotga ko’ra, 2017-yilda 280 million tonna yuborilgan.

2018-yilda esa Xitoy plastmassa, aralash qog’oz va qayta ishlanadigan boshqa materiallar importiga ta’qiqni joriy etdi. 2020-yilga qadar qattiq chiqindilarni qabul qilish butunlay to’xtatiladi.

Natijada qayta ishlangan mahsulotlar narxi tushgan. Bundan Amerikaning qayta ishlash kompaniyalari zarar ko’rmoqda.

Chiqindi bozori Xitoy iqtisodi jadal o’sayotgan davrlarda daromadli biznes edi, ehtiyoj ham katta bo’lgan.

AQShning Xitoy bilan jadal savdo aloqalari mahsulotlarni qayta ishlovchi kompaniyalarga qo’l kelgan. Amerikaga Xitoy mollari bilan keladigan konteynerlar AQSh chiqindilari bilan to’lib qaytardi.

Pekin chiqindilarga ta’qiq qo’yishining sababini “xorijiy chiqindilar” Xitoy tabiatiga zarar keltirgani bilan tushuntiradi.

“Siyosat ehtimol atrof-muhit haqida bo’lishi mumkin, lekin aslida sanoat rivoji haqida. Xitoy harakatlari qayta ishlovchilar va iste’molchilarga faqat Xitoy ichki mollarini o’tkazishga qaratilgan”, - deydi Qayta ishlash sanoati institutidan Adina Adler.

Xitoy karton qog’oz kabi qattiq chiqindilarni qabul qilishda davom etmoqda, biroq chiqindilarning ifloslanish darajasi 0,5 foizdan oshmasligini talab qilmoqda. Bu Amerika kompaniyalari uchun qiyin masala.

“Qo’shma Shtatlar bir necha yillardan beri chiqindilarni tozalash, qayta ishlash, bu yo’lda ko’pchilik ishtirokiga e’tibor qaratib keladi. Endi boshqa ishlarga diqqatinimiz bo’lingan”, - deydi Chiqindi va qayta ishlash milliy assotsatsiyadan Anni Jermeyn.

Sanoat chiqindilarni yaroqliroq, tozaroq qilib ishlashga e’tibor qaratmoqda.

“Sanoatga katta mablag’ ajratilyapti. Chiqindilarni o’zimizda ko’proq qayta ishlayapmiz”, - deydi Adina Adler.

Harakatlar samarasi yillar o’tib bilinadi, lekin mutaxassislar sanoat ko’lami kengayadi deb ishontirmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG