Breaking News

Yevropa Ittifoqi komissari O'zbekiston va Qirg'izistonda


Yevropa Ittifoqi komissari O'zbekiston va Qirg'izistonda
Yevropa Ittifoqi komissari O'zbekiston va Qirg'izistonda

Taraqqiyot masalalari muhokamada. Almatida esa Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti hukumat va nodavlat tashkilotlari vakillari uchun seminar o'tkazmoqda.

Yevropa Ittifoqining taraqqiyot ishlari bo'yicha komissari Andris Piyebalgs O'zbekiston va Qirg'izistonga safar qilmoqda. Hamkorlik, yordam va islohot dasturlari muhokama qilinadi.

Ittifoq Qirg'izistonda oziq-ovqat ta'minoti uchun 2 million yevro ajratmoqda. Piyebalgs blok moliyalashtirayotgan dasturlarni ko'zdan kechirib, ular samarasini o'rganadi.

Bugun, shuningdek, Almatida Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining demokratik institutlar va inson huquqlari bo'yicha idorasi Markaziy Osiyoning besh davlati rasmiylari, qonun chiqaruvchilari, ombudsmen va fuqarolik jamiyati vakillari uchun seminar o'tkazmoqda. Unda hukumat va nodavlat tashkilotlari o'rtasida hamkorlikni yaxshilash yo'llari ko'rib chiqilmoqda.

"Nodavlat tashkilotlari inson huquqlari muammolarini ko'tarishda, demokratiya va qonun ustuvorligini targ'ib etishda muhim rol o'ynaydi, biroq buning uchun hukumatlar ularga tegishli shart-sharoitlar yaratib berishi lozim", deydi Yevropa tashkiloti vakilasi Snejana Bokulich.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG