Breaking News

Markaziy Osiyo davlatlari internetni cheklashda yetakchi


Ayrim hukumatlar internet va ijtimoiy tarmoqlar ustidan nazoratni kuchaytirmoqda. Inson huquqlari, demokratiya va matbuot erkinligini o’rganuvchi “Ozodlik uyi” (Freedom House) tashkilotining yillik hisobotida shunday xulosa qilinadi. Unga ko’ra, 2017-yilda qator mamlakatlarda dissidentlarni soxta xabar tarqatish aybi bilan jazolashgan.

“Ozodlik uyi”ning bildirishicha, so’nggi yetti yildan beri internetdan foydalanish erkinligi dunyo bo’ylab cheklanmoqda, xabarlarni soxtalashtirish bunga yetaklovchi sabablardan biri sifatida ko’rilmoqda.

Tashkilot hisobotida aytilishicha, Xitoy hukumati internetning ashaddiy dushmanlari ro’yxatida so’nggi uch yildan beri peshqadamlikni qo’ldan boy bermayapti. Va aksincha, Islandiya va Estoniyada fuqarolarda internetdan foydalanishda cheklovlar ancha kam.

2016-yil yozida Turkiyada davlat to’ntarishiga harakat ketidan internet erkinligi cheklanishda davom etmoqda.

“Turkiya sudlarining internetdan ba’zi materiallarni olib tashlash qaroriga itoatsizlik ayrim saytlarning yopilishiga sabab bo’ldi”, - deydi “Ozodlik uyi”dan Adrian Shahboz.

Hisobotda aytilishicha, o’tgan yili 18 mamlakatda o’tkazilgan saylovlar paytida soxta ma’lumotlar tarqatish va shu bilan hiyla usullarini qo’llash qayd etilgan. Qo’shma Shtatlarda ayniqsa 2016-yil prezident saylovidan oldin soxta xabarlar ko’paygan.

“Internet nafaqat diktatura hukmron mamlakatlarda, balki demokratik davlatlarda ham beqarorlikka sabab bo’lishini ko’ryapmiz”, - deydi Shahboz.

“Ozodlik uyi” tashkiloti ijtimoiy sahifalarning haqiqiy jurnalistikaga qarshi qurol sifatida qo’llanayotganini tergov qilishda yordam beruvchi mustaqil jurnalistlarni qo’llab-quvvatlashga chaqirmoqda.

“AQSh kabi mamlakatlarda jurnalistlarni qoralash yoki saylovga aralashish maqsadida amalga oshirilgan soxta axborot tarqatish kampaniyasi ortida kim turganini oshkor etishga qaratilgan harakatlarga guvohmiz”, - deydi tashkilot vakili.

O'zbekistonda o'tgan bir yarim yil ichida biroz siljish kuzatilgan biroq respublika hamon "erkin emas" degan kategoriya ostida, xususan siyosiy erkinliklar haqida gap ketganda. Markaziy Osiyoning barcha davlatlari shu toifaga kiritiladi.

Qirg'iziston istisno: qisman erkin, chunki u yerda siyosiy muxolifat bor va matbuot erkinligi ham qo'shni davlatlarga qaraganda nisbatan oldinda. Biroq o'tgan yillar ichida bu davlatda ham vaziyat salbiylashgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG