Breaking News

AQShda talaba namoyishlari saylovga ta’sir qilishi mumkinmi?


Falastinga xayrixoh namoyishlar o’tkazilgan Amerika universitetlarida politsiya namoyishchilar o’rnatgan lagerlarni yig’ishtirganiga qaramay, talabalar o’z talablaridan voz kechgani yo’q. Ayrim kuzatuvchilar norozilik namoyishlarining saylov kampaniyasiga ta’sirini baholamoqda.

Xalqaro hayot - 6-may, 2024-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:12 0:00

Nyu-York meri Erik Adams shahardagi bitiruv marosimlarida tartibni politsiya nazorat qilishini bildirdi.

“Ishimizni bajaramiz. Agar birorta oliy o’quv yurti bitiruv marosimi oilalar bilan chiroyli o’tishini istasa, uning tinch o’tishini ta’minlaymiz”, - deydi hokim.

Oq uy rasmiylari namoyishlarga munosabatni bildirib o’tdi.

“Hammaning namoyish qilishga haqqi bor, ammo namoyishlar tinch bo’lishi kerak. Zo’ravon namoyishlarga chek qo’yish zarur. Bunga yo’l qo’ymaymiz. Antisemitizm, islomofobiyaga o’rin yo’q”, - deydi Bayden saylov kampaniyasi raisi Mitch Lendryo.

Respublikachilardan prezidentlikka nomzod Donald Tramp yakshanba kuni Falastinga xayrixoh namoyishlarni yana bir bor tanqidga oldi.

Tramp namoyishlarda Prezident Jo Baydenni aybladi.

Siyosatshunos Maykl Trogot buni qayta saylanishga umid qilayotgan sobiq prezidentning strategiyasi deb atadi.

“Tramp namoyishchilar, talabalarning hibsga olinishini va universitetdan haydalishini xohlayapti. Biroq u Baydenning bu jarayon ustidan nazorati yo’qligini yo tushunmayapti yo tushunishni istamayapti”, - deydi Trogot.

Siyosiy tahlilchi namoyishlar to’xtamasa, noyabrda bo’ladigan prezident saylovlariga ta’sir qilishini aytadi.

“Namoyishlar ko’p jihatdan Donald Trampga foyda keltiryapti, chunki ular aksariyat saylovchilarining qarashlariga ziddir. Saylov kuni Tramp tarafdorlari ancha faol bo’lishi, asosan demokratlarni, Jo Baydenni qo’llab-quvvatlovchi yoshlar esa aksincha saylovga chiqmasligi mumkin”, - deydi Trogot.

7-may kuni Prezident Bayden Vashingtonda Xolokost muzeyida bo’lib, antisemitizmga qarshi kurash xususida ma’ruza qilishi kutilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG