Breaking News

Hindiston parlament saylovi arafasida


19-aprel kun Hindistonda bir necha haftalik parlament saylovlari boshlanadi. Bosh vazir Narendra Modining hukmron millatchi “Bxaratiya Janata” partiyasi 20 dan oshiq partiyalar bilan raqobatlashadi.

Xalqaro hayot - 18-aprel, 2024-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:54 0:00

“So’nggi 10 yilda 250 million odamni qashshoqlikdan chiqardik”, - deydi uchinchi muddatga saylanishga umid qilayotgan Modi.

Asosiy muxolifat hisoblangan “Kongress” partiyasi yetakchiligidagi muxolif “Hindiston” alyansi ishsizlik muammo ekani, mamlakatning demokratik va dunyoviy nufuziga putur yetkazayotgani haqida ogohlantirmoqda.

Alyans Modi partiyasini turli xil tergovlar bilan muxolifat saflarini zaiflashtirishga harakatda ayblamoqda. Dehli bosh vaziri Arvind Kejrival yaqinda pora olish gumoni bilan hibsga olindi.

Bu saylov oldingilaridan tubdan farq qiladi. Demokratiyamiz, konstitutsiyamiz bunchalik xavf ostida bo’lmagan hali”, - deydi “Kongress” partiyasi rahbari Rahul Gandi.

Hindistonda salkam bir milliard fuqaro ovoz berish huquqiga ega. Hokimiyatga 10 yil oldin kelgan Modining obro’si hamon baland. U kuchli millatchi, hindular manfaatlarini himoya qilivchi, rivojlanishga qattiq turtki bergan, Hindistonning xalqaro sahnadagi nufuzini ko’targan rahbar deb ko’riladi.

“Hukmron alyans bosh vazirning obro’si hisobiga saylovda g’alaba qilishga umid qilmoqda. Modi omili katta ahamiyatga ega, 10 yildan so’ng shakllangan qarshilikni ma’lum darajada yengishga yordam berishi kutilmoqda”, - deydi siyosiy tahlilchi Sandip Shastri.

Tez rivojlanayotgan iqtisodiyotdan ba’zilar foyda ko’rmoqda, biroq so’nggi ommaviy so’rov natijasidan ishsizlik va inflyatsiyadan xavotir kuchli ekanini bilsa bo’ladi. Iqtisodiy taraqqiyot yetarlicha ish o’rinlarini yaratmayotgani aytiladi.

“Kongress” partiyasi ijtimoiy dasturlarga ko’proq pul ajratishga, ish o’rinlarini oshirishga va’da bermoqda. Biroq partiya lideri Rahul Gandining bosh vazir bo’lishga imkoniyatari katta emas.

“Muxolifatdan Modiga teng keladigan odam yo’q. Xalqning “Bxarata Janata” partiyasi hukmronligidan ko’ngli to’q emas, iqtisodiy qiyinchilik mavjud, narxlar oshmoqda, ammo shu bilan birga, “muxolifat safida bu muammolarni hal qiladigan kim bor” degan savol aylanmoqda”, - deydi tahlilchi Nirja Choudxuri.

Ijtimoiy so’rov natijalaridan ma’lum bo’lishicha, hukmron partiya 2019-yilgi saylovdan ham yaxshiroq natija ko’rsatishi mumkin. Yakuniy natijalar 4-iyun kuni e’lon qilinadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG