Iroqning Nayneva viloyati jangarilar nazoratida

  • Amerika Ovozi

Mosul, Iroq

Mosul, Iroq

Nayneva viloyatining katta qismi, poyaxt Mosul shahri butunlay al-Qoidaga aloqador guruh qo'lida. Shahar boy berilgani rasmiy Bag’dod uchun katta yo’qotish.

Iroqning Nayneva viloyatida jangarilar hukumat binolari, aeroportlar, harbiy bazalar va banklarni egallab olgan.

Bosh vazir Nuri al-Malikiy parlamentni favqulodda holat e'lon qilishga chaqirmoqda.

Viloyatning katta qismi, poytaxt Mosul butunlay al-Qoidaga aloqador guruh tasarrufida.

Rasmiylarning aytishicha, qurollangan kishilar tungi hujum ketidan Iroqning ikkinchi eng yirik bu shahri ustidan nazorat o’rnatdi.

Mosul poytaxt Bag’doddan 350 kilometr shimolda joylashgan. Shahar qo’ldan ketgani rasmiy Bag’dod uchun katta yo’qotish.

Xavfsizlik kuchlari Iroqning qator shaharlarida jangarilarga bas kelishga harakat qilayapti. Yil boshida Falluja shahri qo’ldan boy berilgan edi.

Iroq 2008-yildan beri eng qonli davrni boshidan kechirmoqda. BMTning hisob-kitobiga ko’ra, joriy yilning o’zida zo’ravonlik taxminan 4500 odamning boshini yegan. O’tgan oy talofatlar soni 900 kishini tashkil etgan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG