Breaking News

Qirg’izistonda g’alayonni boshlaganlik gumoni bilan taniqli siyosatchi qo’lga tushgan


Qirg’iziston janubida to’rt kundirki otishma va to’qnashuvlar tinmas ekan, 100 ming o’zbek uy-joyini tashlab chiqib, qo’shni O’zbekistonga qochgan. Ular qochqinlar lagerida joylashmoqda.

Rasmiy hisoblarga ko’ra, juma kuni boshlangan g’alayon 118 odamni hayotdan olib ketgan, 1600 kishi jarohatlangan. O’zbek faollari o’lganlar ko’proq, deydi.
Guvohlarning aytishicha, bugun ham qurollagan kishilar O’sh shahrini kezmoqda. Jalolobodda ham manzara shu.

Qirg’iziston hukumati to’polonni boshlaganlikda gumon qilinayotgan taniqli siyosatchi qo’lga tushganini aytmoqda. Uning ismi sharifi ma’lum qilinmayapti.

Bu orada Rossiya Qirg’izistondagi harbiy bazasini himoya qilish uchun askar jo’natgan, ammo muvaqqat rahbar Roza Otunbayevaning qo’shin jo’natish haqidagi iltimosi qondirilmagan. Otunbayeva Qirg’iziston vayron bo’lishi mumkin, demoqda.

Bugun Kollektiv Xavfsizlik Tashkilotiga a’zo davlatlar vaziyatni muhokama qilib, Qirg’iziston hukumatini shaxdan chora ko’rishga chaqirgan. Hozir ko’rilayotgan tadbirlar yetarli emas, deyiladi tashkilot bayonotida.

Tashkilotga Armaniston, Belarus, Qozog’iston, Qirg’iziston, Rossiya, Tojikiston va O’zbekiston a’zo.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG