Breaking News

Shimoliy Koreya tahdidi: Tramp, Janubiy Koreya va Xitoy


Shimoliy Koreya rahbari harbiylar
Shimoliy Koreya rahbari harbiylar

AQSh Prezidenti Donald Trampning aytishicha, Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Un Tinch okeanida AQShga qarashli Guam oroli tomon raketa otish rejasini qoldirib, to’g’ri va aqlli ish qildi.

Trampning Twitter da yozishicha, aks holda buning oqibatlari fojiali bo’lar edi.

Pxenyan Guam tomon va Yaponiya uzra to’rtta raketa otmoqchi edi, ammo Kim Chen Un rejani qoldirib, Amerikaning bundan keyingi harakatlarini ko’rmoqchi.

AQSh Mudofaa vaziri Jim Mattis Shimoliy Koreyaning diplomatik va iqtisodiy bosim ostida yadro dasturidan qaytishiga umid qilmoqda. Agar vaziyat keskinlashsa, deydi u, Qo’shma Shtatlar harbiy kuch qo’llashga tayyor.

Janubiy Koreya Prezidenti Mun Je Inning aytishicha, AQSh Shimoliy Koreyaga qarshi harbiy chora ko’rishdan oldin Seul roziligini olishini bildirgan.

“Prezident Tramp shunday kafolat berdi”, - deydi Janubiy Koreya rahbari.

Ayrimlarning xavotir olishicha, taranglikka barham berilmasa, AQSh va Shimoliy Koreya o’rtasida urush boshlanib ketishi mumkin.

“Koreya yarimorolida harbiy kuch ishlatilishini faqat Janubiy Koreya hal qila oladi. Janubiy Koreya ruxsatisiz hech kim harakat qila olmaydi. AQSh va Prezident Tramp bu masalada biz bilan hamkorlik qilishga, biror chora ko’rishdan oldin oldimizdan o’tishga so’z berishdi", - deydi Mun Je In.

Vaziyatni muhokama qilish uchun janub rahbari shimolga o’z maxsus vakilini yubormoqchi.

AQSh Qurolli kuchlari harbiy shtabi boshlig’i general Jozef Danfordning aytishicha, Xitoy Shimoliy Koreyaga bosimni oshirishi zarur. General bu haqda Pekinga safari chog’ida so’zladi.

Danford Xitoy harbiy rahbarlari bilan uchrashib, diplomatik choralar ish bermasa, Qo’shma Shtatlar harbiy kuch qo’llashga tayyor ekanini aytgan.

Xitoy Mudofaa vazirligining bildirishicha, ikki mamlakat xalqaro va mintaqaviy masalalarda yaqindan aloqada. Danford Xitoy Ozodlik armiyasi qo’shma shtabi rahbari bilan aloqalarni yanada yaxshilash xususida shartnoma imzoladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG