Obama 2014-yildan mamnun, Gavayi orolida ta'tilda

  • Amerika Ovozi

Gonolulu, Gavayi shtati, 19-dekabr, 2014

Gonolulu, Gavayi shtati, 19-dekabr, 2014

Prezident Obama deydiki, 2014-yil iqtisodiy jihatdan muvaffaqiyatli davr bo'ldi. 15 yildan beri bunchalik ko'p ish o'rinlari yaratilmagan edi, deydi u. Imkoniyatlar asosan xususiy sektorda kengaygan.

Obama prezidentligining oltinchi yilini yakunlar ekan, uning davrida 11 milliondan oshiq ish o'rni ochilganini faxr bilan tilga oladi.

Iqtisodiy inqirozdan chiqildi va "kelasi ikki yilda ham oldinga siljishda davom etamiz", deydi u.

Prezident Obama 4-yanvargacha ta'tilda. Uni oilasi bilan Gavayi shtatida, xususan Kailua degan kichik orolda o'tkazadi.

Tinch okeanidagi bu mitti hudud atrofida bir necha mayda orollar bor va ular odatda sayyohlarga to'la.

Obama rafiqasi Mishel, qizlari Sasha va Malia bilan bir necha kunni xotirjam o'tkazish niyatida. Biror rasmiy tadbir rejalanganmagan.

Prezident bolaligi Gavayida o'tgan. Buvisi va bobosi bilan shu yerda katta bo'lgan. Lekin siyosiy faoliyati Chikagoda boshlangan va Illinoys shtatidan senator bo'lib saylangan. Shu bois ham bugungi kunda ona shahrini Chikago deb biladi va asosiy uyi o'sha yerda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG