Breaking News

Rim papasi Iordaniya, Falastin va Isroilga safar qilmoqda


Rim papasi Fransisk Yaqin Sharq bo’ylab safarda.

Ummonda qirol Abdulla bilan muloqot qildi. Suriyalik qochqinlar bilan uchrashib, ularning dardini tingladi.

Katolik dunyosi rahbari Falastinda ham bo’ldi. Baytullahmda u bu xalq boshchisi Mahmud Abbos bilan ko’rishdi. Papa falastinlik qochqin oilalar bilan suhbatlashdi.

Pontifik al-Aqsa masjidiga qadam ranjida qilib, bu ko’hna maskan bilan tanishadi hamda Quddus muftiysi Muhammad Hussayn bilan gaplashadi.

So’ngra papa Isroilda yahudiy qabristonlarini ziyorat qiladi, Xolokost muzeyini ko’zdan kechiradi.

Prezident Shimon Peres va Bosh vazir Benyamin Netanyaxu bilan ham muzokaralar rejalangan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG