Breaking News

Portlendda Tramp tarafdorlari va tanqidchilari to'qnashdi


Portlenddagi namoyish paytida
Portlenddagi namoyish paytida

Oregon shtatining Portlend shahrida bo’lib o’tgan namoyishda Tramp tarafdorlari va unga qarshilar yakshanba kuni o’zaro to’qnashib, 14 kishi hibsga olindi.

Portlend hokimi Ted Viler o’ngchilarning so’z erkinligiga bag’ishlangan namoyishi zo’ravonlikka yetaklaydi deb, federal hukumatdan namoyishga ruxsat bermaslikni so’raganida uning murojaati qondirilmadi.

“Nega endi tadbirni qoldirishimiz kerak ekan? So’l g’oyalarga berilgan ruhan zaif bir odam qotillikka qo’l uribdi deb, endi so’z erkinligi haqida muloqot qilmasligimiz kerakmi”, - dedi namoyish notiqlaridan biri Kayl Chapmen.

Biroq bu namoyishga qarshi to’plangan odamlar politsiyachilar tomonidan ajratilganiga qaramay, bir-birini so’ka boshladi.

“Ularga mehr ulashishimiz kerak, ammo bizga nafrat bilan qarashmoqda. Yaxshi gapga yaxshi gap bilan javob bermagan odamlarga mehr ulashish qiyin bo’lyapti”, - deydi adovatga qarshi namoyish ishtirokchisi Fi Alagoz.

“Har ikki tomonni xavotir bosgan. Bir-birimizdan qo’rqamiz. Ammo hech bir tomon boshqasini yovuzga chiqarib, tarafdorlarini qo’rqitmasligi kerak”, - deydi Tramp tarafdorlaridan biri Debbi Sluder.

Namoyishchilar politsiyachilarga g’isht va boshqa jihozlarni ota boshlaganidan so’ng posbonlar karaxt qiluvchi granata va ko’zni yoshlantiruvchi modda qo’llashga majbur bo’ldi, 14 kishi hibsga olindi.

O’tgan oy shaharda oq tanli millatchi yigit musulmonlarga qarshi shiorlarni to’xtatmoqchi bo’lgan odamlarga pichoq bilan hujum qilib, ikkisini o’ldirgan edi. Shundan beri so’l qanot va o‘ng qanot guruhlarning bir-biriga qarshiligi yanada kuchaydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG