Po'lat Oxunov: Liderlar albatta bor, o'zgarishlar albatta bo'ladi, intilish kerak


Po'lat Oxunov Shvetsiyada istiqomat qilib, Markaziy Osiyo Uyushmasi degan nohukumat tashkilotni boshqaradi. Korrupsiyaga qarshi kurashuvchi jamg'armaga ham asos solgan.

Po'lat Oxunov Shvetsiyada istiqomat qilib, Markaziy Osiyo Uyushmasi degan nohukumat tashkilotni boshqaradi. Korrupsiyaga qarshi kurashuvchi jamg'armaga ham asos solgan.

Po'lat Oxunov 27 yoshida SSSR Xalq deputatlar syezdida erkinlik haqida so'zlab, butun mamlakat e'tiboriga tushgan. Andijon farzandi. Mustaqillik yillarida muxolifatda jonbozlik ko'rsatib, siyosiy bosimga uchragan va vatanini tark etgan. Hozirda Shvetsiyada istiqomat qiladi va Markaziy Osiyo Uyushmasi degan nohukumat tashkilotni boshqaradi. Korrupsiyaga qarshi kurashuvchi jamg'armaga ham asos solgan.

Bugungi kun va kelajak haqida o'z fikrlarini bildirar ekan, Po'lat Oxunov yoshlarni faollikka, mahalliy doirada real o'zgarishlar qilishga undaydi.

Bu oson emas, deya tan oladi u, biroq umidni boy bermaslik kerak. Gap inqilob qilish emas, turmushni yaxshilash uchun oddiy qadamlar tashlay olishda, deydi u.

Yevropa siyosatchilari bilan muloqot olib borayotgan faol "Amerika Ovozi" bilan suhbatda mintaqaviy integratsiya Markaziy Osiyo uchun naqadar muhim ekaniga urg'u berdi. Etnik siyosatni o'zgartirish vaqti keldi, deydi u.

Marhamat, suhbatimizni tinglang.

Po'lat Oxunov Shvetsiya parlamenti a'zolari Désirée Petrus va Sofiya Damm bilan, Stokgolm, 3-iyun, 2015

Po'lat Oxunov Shvetsiya parlamenti a'zolari Désirée Petrus va Sofiya Damm bilan, Stokgolm, 3-iyun, 2015

Po'lat Oxunov Shvetsiya parlamentida Xalqaro aloqalar qo'mitasi a'zosi Olle Torell bilan, Stokgolm, 3-iyun, 2015

Po'lat Oxunov Shvetsiya parlamentida Xalqaro aloqalar qo'mitasi a'zosi Olle Torell bilan, Stokgolm, 3-iyun, 2015

  • 16x9 Image

    Navbahor Imamova

    Navbahor Imamova "Amerika Manzaralari" turkumidagi teledasturlar muallifi. TV va radio diktor, prodyuser, muxbir va muharrir. AQSh siyosati va hayoti hamda Markaziy Osiyodagi muhim masalalarni yoritadi. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida muharrir sifatida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida ham dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.

XS
SM
MD
LG