O'zbekiston yana AQShning diniy erkinlik buzg'unchilari ro'yxatida

  • Amerika Ovozi

O'zbekiston yana AQShning diniy erkinlik buzg'unchilari ro'yxatida

O'zbekiston yana AQShning diniy erkinlik buzg'unchilari ro'yxatida

AQShning Xalqaro diniy erkinliklar bo'yicha komissiyasi 14 mamlakatni diniy erkinlik buzg'unchilari deb atagan.

Idoraning yillik hisobotida Turkmaniston va O'zbekiston alohida tilga olinadi.

Birinchi o'rinda esa Misr. Qo'shma Shtatlar nazarida Misr bu ro'yxatga ilk bor tushgan, chunki mamlakatda so'nggi bir yil ichida nasroniylar va boshqa din vakillariga qarshi zo'ravonliklar kuchaygan.

Hisobot Misr hukumatini bu zo'ravonliklar ortida turganlikda yoki ularga barham bermaganlikda ayblaydi. Ommaviy namoyishlar ketidna avtoritar rahbar Husni Muborak hokimiyatdan ketganidan keyin ham xurujlar to'xtamagan, deyiladi hisobotda.

Komissiya Davlat departamentidan ro'yxatga tushgan 14 mamlakatni "Alohida tashvishga molik davlat" deb belgilashni tavsiya qilgan.

AQSh Tashqi ishlar vazirligi hozircha sakkiz davlat, jumladan O'zbekistonga nisbatan bunday chorani qo'llagan.

"Alohida tashvishga molik" davlatlarga nisbatan sanksiyalar qo'llanilishi mumkin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG