Breaking News

Vladimir Putin saylovda osonlikcha g'alaba qilishi kutilmoqda


Putin to'rtinchi bor saylanishga shay
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:11 0:00

Rossiya xalqi bugun prezidentga ovoz bermoqda. 18 yildan beri hokimiyatda o'tirgan Vladimir Putin yana olti yilga saylanishiga shubha yo’q. Poygada sakkiz nomzod qatnashmoqda, ammo haqiqiy siyosiy muxolifatning ovozi o’chirilgan. Saylov Kremlning G’arb bilan aloqalari keskinlashgan bir paytda o’tmoqda.

Mamlakatda 109 million fuqaro ovoz berishga haqli. Putinning saylov kampaniyasi 70 foizdan ko'proq ovoz olishga umid qilmoqda.

Saylovchilar bilan so’nggi uchrashuv Qrimning Sevastopol shahrida o’tdi. Yarimorolni Rossiya 2014-yilda Ukrainadan tortib olgan edi.

“Siz Rossiyani tanladingiz”, - dedi Putin yig’ilganlarga. "Haqiqiy demokratiya nima ekanini butun dunyoga ko’rsatdingiz”.

Haqiqiy demokratiya yakshanba kungi saylovda sinovdan o’tadi. Tarafdorlari uchun Putindan yaxshiroq lider yo’q.

Qrim okkupatsiyasi noqonuniy ekanini ko'rsatish maqsadida Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti u yerga o'z kuzatuvcharini yubormadi. Yevropaning Putin bilan apoq-chapoq partiyalaridan bir necha siyosatchilar jarayonni kuzatmoqda.

Tanqidchilarga ko’ra, saylov tomoshadan boshqa narsa emas. Haqiqiy oppozitsiya unda qatnashmayapti.

“Putin yutsa, siyosat reallikdan uzoqlashadi. Hukumat muxolifatni qattiqroq siqadi. Konstitutsiya o’zgaradi. Oxir-oqibat totalitar tuzumga aylanamiz”, - deydi Roman Shingarkin.

Putinning ashaddiy tanqidchisi Aleksey Navalniy poygadan chetlatilgan. Unga o’tmishda jinoiy ayblov qo’yilgani sabab qilib ko’rsatilmoqda. Navalniy saylovni boykot qilishga chaqiryapti.

Moskvada ayrimlar bu fikrga qo’shiladi.

“Saylov jarayoni - ilyuziya. Haqiqiy saylovda barchaga teng imkoniyatlar berilishi kerak”, - deydi Renat Kildeyev.

“Natijasi ma’lum saylovda qatnashmayman”, - deydi Igor Bashmakov.

Aleksey Navalniy tarafdorlari
Aleksey Navalniy tarafdorlari

Ommaviy so’rovlarga qaraganda, Vladimir Putin 70 foizdan ko’proq ovoz olishi mumkin. Eng yaqin raqibi Pavel Grudinin 10 foizga yaqin. U Putin bilan bellashayotgan yetti nomzoddan biri.

“Nomzodlar tanqidiy chiqishlar qilishsa, Kreml bitta buyrug’i bilan ularni havo mavjlaridan olib tashlaydi. Grudinin kampaniya boshida faolroq edi, hozir televideniyeda uncha ko’rinmaydi”, - deydi tahlilchi Metyu Vayman.

Agar g’alaba qilsa, bu Putinning prezidentlikka to’rtinchi va go’yoki oxirgi bor saylanishi bo’ladi.

“Nazariy jihatdan Putin olti yildan keyin prezidentlikdan ketishi kerak. Agar shunday bo’lsa, Kremlga yaqin odamlar orasida uning o’rnini egallash uchun kurash boshlanib ketadi”, - deydi Vayman.

Ukraina va Suriyadagi urushlardan tortib, kiber xurujlargacha, Putin geosiyosatni o’zgartirmoqda. U shu yo’ldan borishda davom etadimi yoki Rossiyani yangi sovuq urushdan qaytaradimi?

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG