Breaking News

Ukraina parlamenti Qrim parlamentini tarqatish ustida o'ylanmoqda


Moskvada urushga qarshi namoyish. 7-mart, 2014-yil.
Moskvada urushga qarshi namoyish. 7-mart, 2014-yil.
Rossiya parlamenti spikeri Valentina Matviyenkoning aytishicha, Qrim Rossiyaga qo’shilmoqchi bo’lsa, rus qonunchilari buni qo’llab-quvvatlaydi.

Qrimda masala referendumga qo’yilar ekan, Ukraina muvaqqat hukumati qat’iyan qarshi. Bosh vazir Arseniy Yatsenyuk nazarida jahon hamjamiyati muxtor o’lkaning qarorini tan olmaydi.

Ukraina muvaqqat prezidenti Oleksandr Turchinov referendumni bekor qiluvchi hujjatni imzoladi. Uning nazarida referendum tashabbusi safsata.

Ukraina vaqtli rahbarlari davlatning yaxlitligi va suverenitetini himoya qilish qarorida qat'iy. Turchinovning aytishicha, Ukraina parlamenti Qrim parlamentini tarqatish uchun zarur choralarni boshlab yuboradi.

Ammo Qrim parlamenti baribir masalani xalq muhokamasiga qo'ymoqchi.

"Kiyev Qrimdagi referendumga halaqit bera olmaydi", - deydi Mixail Malishev, muxtor o'lkada saylov komissiyasi raisi. "Avval rejalangan sanada saylov o'tadi".

Moskvaga suyangan Qrim parlamenti kecha Rossiya tarkibiga kirishni yoqlab ovoz berdi va 16-mart kuniga referendumni belgiladi.

Ukraina bosh vaziri bugun matbuot bilan muloqot qilib, separatist kuchlarga ogohlantirish berdi. Yatsenyukning aytishicha, bu odamlar Ukrainaning xoinlari va konstitutsiyaga xilof ish tutmoqda. Amerika va Yevropa rasmiylari ham referendumni noqonuniy deya ta’riflayapti.
Prezidentlar Barak Obama va Vladimir Putin payshanba kuni telefonda gaplashib, Ukrainadagi ahvolni muhokama qildi.
Prezidentlar Barak Obama va Vladimir Putin payshanba kuni telefonda gaplashib, Ukrainadagi ahvolni muhokama qildi.

AQSh rahbari Barak Obama kecha Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefonda gaplashgan, lekin taraflar murosa qilolmagan. Obamaning aytishicha, Qrimda rus askarlari qolayotgani Ukraina suverenitetiga tahdiddir. Putin esa Ukrainaning yangi, G’arb yoqlagan hukumatini noqonuniy hisoblaydi. Bundan tashqari, deydi Putin, Kreml Ukrainaning Rossiyaga moyil sharqiy va janubiy viloyatlaridan kelayotgan iltimoslarga loqayd qololmaydi.

Oq uyning bildirishicha, Obama Putinni Kiyev va Moskva o’rtasida bevosita muzokara o’tkazishga chaqirmoqda. Muloqotga esa xalqaro jamoatchilik vositachi bo’lsin, deydi Amerika tomoni. Prezident Obama rus askarlarini o’z harbiy bazalariga qaytib, Ukrainada tinchlikni ta’minlashga xalqaro kuzatuvchilarni jalb etishni taklif qilayapti.

Bu orada, kecha Amerika rahbari Ukrainaning hududiy yaxlitligiga tahdid solgan tomonni sanksiyalar bilan jazolagan. Yevropa Ittifoqi ham Rossiya bilan viza va iqtisodiy hamkorlikka doir muloqotni to’xtatdi.

Shuningdek, Amerika Vakillar palatasi Ukrainaga 1 milliard dollar yordamni kafolatlovchi chorani ma’qulladi. Hujjat endi Senatga oshiriladi. Ukraina Xalqaro valyuta fondi bilan kelishsa, Yevropa Ittifoqi Kiyevni 15 milliard dollar yordam puli bilan ta’minlashga tayyor.

Qrim, Ukraina
Qrim, Ukraina
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG