Suriyada parlament saylovlari bo'lib o'tmoqda

  • Amerika Ovozi

Prezident Bashar Assad Suriyadagi parlament saylovlarida ovoz bermoqda, Damashq, 13-aprel, 2016-yil.

Prezident Bashar Assad Suriyadagi parlament saylovlarida ovoz bermoqda, Damashq, 13-aprel, 2016-yil.

Suriyaning hukumat nazoratidagi hududlarida bugun parlament saylovlari bo'lib o'tayapti. Jenevada esa tinchlik muzokaralarining navbatdagi davrasi boshlanmoqda.

Saylov uchastkalari erta tongdan ochildi. Prezident Bashar al-Assadga sodiq kuchlar mamlakatning taxminan uchdan bir qismini nazorat qiladi.

Kuzatuvchilarga ko'ra, hokimiyatdagi "Baas" partiyasi parlamentda ko'pchilik o'rinlarni saqlab qolishi aniq. 250 o'rin uchun 3500 nomzod bellashmoqda.

G'arb davlatlari hamda Suriya muxolifati saylovni siyosiy tomosha va provokatsiya deya tanqid qilmoqda. So'nggi kunlarda sulh kelishuvi bot-bot buzilayotgani kuzatiladi. Halab shahri atrofida janglar qayta avj olmoqda.

Jenevada esa tinchlik muzokaralarining uchinchi davrasi boshlandi. Hukumat saylov o'tgandan keyin o'z vakillarini yuborishini bildirgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG