Suriyaning Hama shahri qonga belandi, 100 ga yaqin odam o’lgan


Suriyaning Hama shahri qonga belandi, 100 ga yaqin odam o’lgan

Suriyaning Hama shahri qonga belandi, 100 ga yaqin odam o’lgan

AQSh rahbari Barak Obama Suriya armiyasi Hama shahriga bostirib kirib, 100 ga yaqin odamni o’ldirgani haqidagi xabarlardan dahshatdaman, deydi.

“Prezident Bashar al-Assad o’z xalqining qonuniy va asosli talablariga befarq ekanini yana bir bor namoyish etdi”, - deydi Obama.

Qo’shma Shtatlar al-Assad ma’muriyatiga bosimni oshirishga bel bog’lagan.

Guvohlarning aytishicha, g’alayon o’chog’i hisoblanmish Hama shahriga tanklar erta tongda kiritilib, askarlar uchraganni otgan. Kasalxonalar yaradorlarga to’lib ketgani, qon yetishmayotgani xabar qilinadi.

Suriyadan aniq ma'lumot olish mushkul, u yerda ishlayotgan sanoqli xorijiy jurnalistlarni ham hukumat nazorat qiladi

Suriyadan aniq ma'lumot olish mushkul, u yerda ishlayotgan sanoqli xorijiy jurnalistlarni ham hukumat nazorat qiladi

Hukumatga qarshi bir necha oydan beri namoyish qilayotgan Hama ahli armiya yo’lini to’sish uchun yuzlab barrikadalar barpo etgan edi. Tanklar ularni yorib o’tib shahar markaziga yo’l olgan.

Hama shahri Suriya tarixida muhim ahamiyat kasb etadi. 1982-yilda amaldagi prezidentning otasi Hafiz al-Assadning buyrug’i bilan isyon bostirilgan, minglab odamning yostig’i qurigan edi. Voqea qatliom deya tasvirlanadi.

So’nggi to’rt oy mobaynida Suriya rahbari xalqiga bir necha bor murojaat qilib, islohot va’da qilgan. Biroq qon to’kilishlar davom etyapti. Huquq faollari jami 1600 kishi o’lganini aytadi.

Xalqaro hamjamiyat hozircha sanksiya qo’yish bilan cheklanmoqda.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Pan Gi Mun Suriya rahbariyatidan zo’ravonlikni darhol to’xtatishga chaqirgan. Fransiya ham kuchli tanqid bilan chiqdi.

XS
SM
MD
LG