Breaking News

Tolibonning yangi moliya manbalari nima?


Afg'onistonda "Islomiy davlat" bojxona qog'ozi
Afg'onistonda "Islomiy davlat" bojxona qog'ozi

Afg'oniston janubida toliblar moliyaviy jihatdan ilojsiz qolib, yangi manbalar izlamoqda. Qoradori savdosi bilan bog'liq makonlari bombardimon qilingan.

Nimro'z viloyatida jangarilari yangi bojxona tizimi joriy etgan. Hilmand viloyatida o'tgan ikki oyda Tolibon narkotik moddalar sotadigan qismidan ayrilgan.

Nimro'z va Faroh viloyatlarida yo'llarni egallab olgan jangarilar odamlardan tranzit to'lovi olinmoqda.

Nimro'z viloyatida toliblar bojxona qog'ozi
Nimro'z viloyatida toliblar bojxona qog'ozi

Odamlarni garovga olish, qo'rqitib pul undirish, o'g'irlik, kontrabanda - Tolibon endi asosan shu yo'llar orqali tirikchilik qiladi, deydi rasmiylar.

Jangarilar afg'on armiyasiga tegishli omborlarga hamla qilib turadi.

"Hilmand va Faroh viloyatlarida ular xalqning qonini ichmoqda, yulg'ichlik, qotillik bilan band", - deydi Gulbahor Mujohid, Faroh viloyati politsiya boshlig'i.

Nimro'zda har bir mashina to'xtatilib, ko'chada yurgani uchun pul to'lanishi kerak, degan talab qo'yilgan. Tolibonning ishi bu.

"Biz ularga qarshi kurashdamiz lekin bu oson ish emas", - deydi Xo'ja Jilaniy Abu Bakir, Nimro'z politsiya boshlig'i. "Birini yo'q qilsang, ikkinchisi paydo bo'ladi, olis qishloqlarda vaziyat ayniqsa og'ir".

"Afg'on xavfsizlik kuchlari postidan keyin albatta toliblarniki turgan bo'ladi. Oq rangli bayroqlar osilgan. Mashinaning hajmiga qarab, og'ziga siqqanini so'raydi", - deydi Ahmad ismli haydovchi.

Hirot
Hirot

"Islomiy davlat" yonilg'i olib ketayotgan yuk mashinasidan, masalan, 50 ming afg'oniy, ya'ni 717 dollar olgan.

Bunday sharoit odamlarning hukumatga nisbatan norozigini oshirmoqda. Nega davlat bizni himoya qilmayapti, deya so'raydi ular.

Hukumat esa butun mamlakatni himoya qilishga qodir emasligini bildiradi. Yordam kerak, deydi rasmiylar.

AQSh hozirgi yordam ko'lami kam emas, deya hukumatni samaraliroq ishlashga undamoqda. Korrupsiya - asosiy muammo.

Tolibon mablag'ning kamida 60 foizini narkotik savdosidan oladi.

"Uni bu manbadan butkul ayirishga bel bog'laganmiz", - deydi AQSh generali Jon Nikolson. "Yana 400-500 qoradori makoni bor".

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG