Breaking News

Turkiya hukumati uyg'urlardan yuz o'girdimi?


Turkiyalik uyg'urlar
Turkiyalik uyg'urlar

G’arb va AQSh Xitoyni Shinjondagi musulmonlarga nisbatan zug’umda ayblayotgan bir paytda Turkiya bu mamlakat bilan iqtisodiy aloqalarni kuchaytirmoqda. Xitoy tashqi ishlar vazirining shu hafta Turkiyaga tashrifi chog’ida ham bu mavzuning ko’tarilishi kutilmayapti.

Xalqaro hayot – 24-mart, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:31 0:00

Shu oy Xitoyning “Shaomi” (Xiaomi) kompaniyasi Istanbulda uyali telefon ishlab chiqaruvchi zavodni ishga tushirdi. Turkiya Texnologiya vaziri Mustafo Varank Xitoyning bu mamlakatga yana bir sarmoyasini olqishladi.

“2000-yildan beri ikki mamlakat o’rtasida savdo aloqalari kuchaygan. So’nggi 4-5 yilda esa nafaqat iqtisodiy, balki siyosiy va mafkuraviy ma’noda ham Xitoy va Turkiya bir-biriga ancha yaqin bo’ldi”, - deydi Marmara unversitetida siyosatshunoslik bo’yicha professor Chag’dash Ungor Sunar.

Xitoy yaqinda Italiyaga qarashli bir kompaniyaga tegishli Istanbuldagi uch yirik ko’prikdan birining hissalarini sotib oldi. Yevropa Ittifoqi Anqarani inson huquqlari masalasida tanqid qilarkan, yevropalik sarmoyadorlar turk bozorini tark etmoqda. Ba’zilar nazarida, bunday choralar Turkiyani G’arbdan uzoqlashishga majbur qilmoqda.

“Turkiyaga qarshi bunday dushmanona harakatlar Turkiyani Yevropa va Osiyoning Rossiya va Xitoy kabi qudratli davlatlari bilan ittifoq tuzishga majburlayapti. Ayni paytda Osiyo davri boshlanmoqda”, - deydi Turkiyaning iste’fodagi admirali Jem Gurdeniz.

Pekin keskin qadrsizlangan turk lirasi qiymatini ko’tarishda ham Anqaraga moliyaviy yordam ko’rsatmoqda. Turkiyaliklar Xitoyning COVID-19 ga qarshi vaksinalari bilan emlanmoqda.

Anqaraning Pekin bilan iqtisodiy aloqalari kengayayotgan bir paytda Turkiya hukumati Shinjonda uyg’urlarga qarshi qatag’onlarga ochiq munosabat bildirgani yo’q, sukut saqlamoqda. Xitoy ta’sirining oshib borayotgani Anqaradagi hukumat doiralarida ba’zilarni xavotirga solmoqda.

“Xitoy sharqdan kelmoqda, tishlari o’tkir, hammamizni tishlaydi. Inson huquqlari bobidagi ishlarini hamma ko’rib turibdi. Uyg’ur yerlarida odamlarni o’ldirishiyapti”, - deydi Turkiya prezidenti maslahatchisi Mesut Jashin.

Turkiya ko’plab uyg’ur qochqinlar, jumladan dissidentlarga boshpana bergan. Xitoy Turkiyadan ekstraditsiya haqidagi shartnomani ratifikatsiya qilishni so’ramoqda. Shartnoma uyg’urlarni Turkiyadan Xitoyga qaytarishga imkon beradi.

Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van Li Anqaraga tashrifi chog’ida bu masalani ko’tarishi kutilmoqda.

“Turkiyada hali ham qudratli uyg’ur lobbisi bor va bu lobbi amaldagi hukumatga ovoz beruvchi elektoratdir. Anqara Xitoyning ham, mahalliy saylovchining ham ko’nglini ovlashga urinmoqda. Pekin buni mavhumlik deb bilarkan, bu unga Turkiya bilan to’liq aloqa qilishga imkon bermayapti”, - deydi siyosatshunos Jeren Ergench.

Xabarlarga ko’ra, Xitoy vazirining Anqaraga tashrifidan oldin Pekin qarshi tomonga ekstraditsiya uchun uyg’urlar ro’yxatini bergan. Turk lirasi katta bosim ostida ekan, Xitoyning bu masalada yordami Turkiyaga havodek zarur bo’lishi mumkin, bu esa Anqarani qiyin qarorlar qabul qilishga majburlamoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG