Breaking News

Turkiya siyosiy isyondan bir yil o'tib...


Turkiya bo'ylab siyosiy chiqishlar
Turkiya bo'ylab siyosiy chiqishlar

O'tgan yilning 15-iyul kuni Turkiyada hukumatni to'ntarishga urinishgan edi. Harbiylar tomonidan uyushtirilgan deb ko'riladigan bu voqea 250 nafarga yaqin kishining o'limi bilan yakunlangan. Minglab odamlar hibs qilingan, ish va jamiyatdan chetlatilgan.

Bugungi Turkiya: vatandoshlar sharhi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:08:40 0:00

Turkiyada bahorda o'tgan referendum natijasida 2019-yilga borib, davlat parlament boshqaruvidan prezidentlik boshqaruviga o'tadi.

15-iyul voqealariga bag'ishlangan tadbir Toshkentda Turkiya elchixonasida ham o'tgan. Mahalliy matbuotning yoritishicha, elchi Ahmad Bashar Shen o'z nutqida hozirda Amerikada yashaydigan diniy yetakchi Fathulla Gulenni xalqaro jinoiy tarmoq asoschisi deya atagan. O'zbekiston, degan Turkiya diplomati, bu tarmoq vakillarining mamlakatdagi faoliyatiga chek qo`ygan ilk davlatlardan biridir.

Tadbir ishtirokchilariga isyonchilar tomonidan amalga oshirilgan terror harakatlarini ko'rsatuvchi hujjatli film namoyish qilingan.Turkiya elchisiga ko'ra, davlat to'ntarishga urunishdan maqsad prezident Erdog'an hayotiga suiqasd qilish, parlament va konstutsiyaviy tuzumni o'zgartirish bo'lgan.

Anqara bu hujumda Gulen va uning tarafdorlarini ayblaydi, Gulen esa bu ablovlarni inkor qilgan. Bu voqea ortidan mamlakatda Gulen oqimiga qo'shilganlikda gumon qilinib, minglab odam hibs qilindi, minglab odam ishdan haydaldi.

Ularning aksariyatini harbiylar, politsiya xodimlari, o'qituvchilar va jurnalistlar tashkil etdi. Tergov surishtiruv ishlari davom etmoqda, hibsga olinglar soni 50 ming kishidan oshgan.

Bir yil oldin Turkiyada davlatni to'ntarishga urinishgan edi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:01:06 0:00

Turkiyada yashayotgan o'zbekistonlik sharhlovchi Namoz Normo'min hozirgi vaziyatni dunyoviy qadriyatlardan, islomiy qadriyatlarga o'tish davri sifatida baholaydi.

“Voqelardan bir yil o'tib turk jamiyati o'ziga xos xulosaga kelmoqda, aholi davlat to'ntarishiga urinish ortida harbiylar turgani, ularni boshqaruvdan chetlatish to'g'ri qaror ekanligini tushinib bormoqda. Turkiya jamiyati hozir o'tish davrida, 1923- yilda qurilgan g'arbona rejim hozir o'zgarmoqda. Bu rejim uzoq yillar, janob Erdog'anni "Adolat va taraqqiyot" partiyasi hokimiyatga kelguncha musulmonlarga juda katta zulmlar qilib kelgan. Hozir o'tish davri, Turkiya g'arbona, musulmon xalqiga, uning e'tiqodiga, hayot tarziga to'g'ri kelmaydigan, jamiyat qadriyatlariga mos bo'lmagan bir tuzumni rad qilib, yani tinch, saylovlar yo'li bilan rad qilib, boshqa bir tuzumga o'tmoqda. Eski tuzum vakillari, dunyoviylar, otaturkchilar rozi emas, ya'ni jamiyatning bir qismi bunga qarshi”, - deydi Namoz Normo`min.

Istanbul
Istanbul

Yaqinda muxolifatning yirik namoyishlari kuzatildi. Jumhuriyat partiyasi o'n minglab odamlar ishtirokida Istanbuldan Anqaragacha yayov marsh tashkil qildi.

Siyosiy muhojirlikdagi o'zbek yozuvchisi Safar Bekjonga ko'ra, tashkilotchilari mavhum davlat to'ntarishiga urinish prezident Erdog'anga hadsiz hokimiyat taqdim etdi.

“Bir yil oldin uyushtirilgan harbiy to'ntarishga urinish ortidan Turkiya nomigagina muxolifati bo'lgan. Diktatura ostida boshqarilayotgan davlatga aylanyapti. Yevropa shaklidagi boshqaruv tarafdori bo'lgan Turkiya bugun diktatura tomon ketmoqda. Albatta, davlat to'ntarishiga urinish rasman terror xuruji sifatida ko'rilmoqda, ammo norasmiy darajada bu voqealar muxolifatni, erkin fikrni bo'g'ish uchun Erdog'an hokimiyatini harbiylar bilan birgalikga uyushtirgan teatri degan qarashlar ham mavjud. Afsuski, Turkiya bu voqea ortidan Yevropadan uzoqlashdi. So'z erkinligi, juranlistlarni taqib qilmoqda. Matbuotda Erdog'anga sig'inish, uni ilohiylashtirish, hatto yangi payg'ambar sifatida qarash boshlangan. Bu esa diktaturaning dastlabki ko'rinishlari”, - deydi Safar Bekjon.

Namoz Normo'min Turkiya diktatura tomon ketayotgani haqidagi fikrlarga qarshi. U Turkiyada o'zbekistonliklar aqliga sig'mas darajadagi erkinliklar mavjudligi haqida gapiradi.

“Hozir butun dunyoda Turkiyada diktatura bo'lib ketdi, deb juda ko'p aytilayapti. Ammo buni aytayotganlar diktaturaning nimaligini blish uchun O'zbekistonga borib ko'rishi kerak. Albatta, oxirgi vaziyatda biroz o'zgarishlar bo'ldi, lekin men asosan Karimov davrini, undan meros qolgan rejimni misol qilib aytayapman. Inson erkinliklari, fuqaroviy jamiyat erkinligi degan tushuncha yo'q. Ammo Turkiyada buning aksi, erkin davlat. Mana muxolifat marsh o'tkazdi, yuz minglab odam trassani yopib, marsh o'tkazd. Anqaragacha yayov yurib keldi. Bu narsani matbuot muntazam yoritib keldi. Bunday erkinlik bizning aqlimizga ham sig'maydi, Toshkentda hozir yuz ming emas, 10 kishini yurishini tasavur qilish mumkin emas ”, - deydi Normo`min.

Anqara
Anqara

Safar Bekjon fikricha:

“Prezidentlik boshqaruviga o'tilgach, Erdog'an bir necha vakolatni o'ziga olib, istagan islohotni o'tkazayapti. Sud mustaqilligi, matbuot erkinligi cheklandi. Eng ko'p jurnalistlar qamoqda o'tirgan davlat bu hamon Turkiya. So'z erkinligi bilan bog'liq vaziyat yaqin kelajakda yanada yomonlashadi. Rajab Erdog'anni qonuniy yo'llar bilan hokimiyatdan ketkazish imkoniyati cheklanib, uning o'rniga o'g'li yoki kuyovini qoldirish haqida o'ylanadi, sulolalarga asoslangan Yaqinsharq davlatiga aylanadi”.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG