Ukraina rahbari: NATOga a'zolik strategik maqsad

  • Amerika Ovozi

Ukraina rahbari Petro Poroshenko va NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Polshada NATO sammitida. 9-iyul, 2016-yil.

Ukraina rahbari Petro Poroshenko va NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Polshada NATO sammitida. 9-iyul, 2016-yil.

Ukraina rahbari Petro Poroshenkoning aytishicha, NATOga a'zolik mamlakat uchun hanuz strategik maqsad, o'zgarmas yo'nalish bo'lib qolmoqda.

Yangi parlamentning birinchi sessiyasida so'zlagan Poroshenko Kiyev bugun harbiy alyans bilan har qachongidan yaqinroq ekanini ta'kidladi.

Ukraina a'zolik shartlariga to'liq javob bergunicha NATO bilan to'laqonli sheriklik davom etadi, dedi u.

Kiyev Shimoliy Atlantika harbiy ittifoqi bilan muntazam mashqlar o'tkazib keladi, ammo alyans nazarida bu mamlakat armiyasi hali talablarga javob bermaydi. Ukraina qurolli kuchlarida yaqinda tub islohotlar o'tkazilgan.

NATOning ayrim vakillari nazarida Ukraina rahbarining so'zlariga Kremlni g'azablantirishi mumkin.

Moskva 2014-yil bahorida mahalliy referendum ortidan Qrimni Ukrainadan tortib olgan edi. Rossiya rahbari Vladimir Putinning tan olishicha, rus harbiylari haqiqatda referendumdan oldin yarimorolga safarbar qilingan. Ammo u Ukraina sharqidagi isyonchilarni qo'llab-quvvatlagan emasmiz, demoqda. 2014-yil aprelidan beri ixtilof 10 ming odamning boshini yedi.

Poroshenko NATOga a'zolik yuzasidan referendum o'tkazish niyatida. 2020-yilga borib mamlakat Yevropa Ittifoqiga a'zolik uchun ham hujjat topshiradi, deydi u.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG