Amerikaning 2015-yilgi byudjeti 1,1 trillion dollarni o'z ichiga oladi

  • Amerika Ovozi

Ta'mirdan o'tayotgan Kapitoliy, AQSh Kongressi joylasgan bino

Ta'mirdan o'tayotgan Kapitoliy, AQSh Kongressi joylasgan bino

AQSh Senati kelasi yil uchun byudjet loyihasini ko'rib chiqmoqda. 1,1 trillion dollarlik xarajatni o'z ichiga olgan hujjat dushanba kuni ovozga qo'yiladi.

Vakillar palatasi uni allaqachon ma'qullagan.

Prezident Barak Obama byudjet loyihasining hozirgi ko'rinishi uning talab va takliflariga mos emasligini aytmoqda, biroq unga imzo chekishga tayyor. "Murosa qilamiz", - deydi u.

"Amerika xalqining xohishi bu, chunki fuqarolarimiz o'z ovozlari orqali hokimiyatga ikki partiya vakillarini tayinlagan. Demokrat prezident, respublikachi Kongress. Biz bir yoqadan bosh chiqarib xalqqa xizmat qilishimiz shart", - deydi Obama.

Respublikachilar partiyasining eng konservativ, Demokratik partiyaning eng liberal a'zolari byudjet tarkibidan rozi emas. Xususan, konservatorlar immigratsion tizimdagi islohotlarga qarshi, liberallar esa xususiy bizneslarga taklif qilinayotgan yangi imtiyozlarga.

Demokratlar respublikachilarni boylarning manfaatlarini himoya qilib, oddiy xalqni qiynayotgan masalalardan qochayotganlikda, respublikachilar esa demokratlarni sog'liqni saqlash tizimini o'zgartirib, uni barbod qilayotganlikda, mamlakat darvozasini noqonuniy muhojirlarga keng ochib, jamiyatni buzayotganlikda qoralaydi.

Mo'tadil siyosatchilar nazarida esa yangi byudjet har ikki tomonning eng muhim talab va takliflarini inobatga olgan holda tuzilgan. Partiyalarning liderlari uni bir ovozdan qo'llagan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG