Breaking News

AQSh Quddusdagi elchixonasi va konsulligini birlashtirdi


AQShning Quddusda yopilayotgan Bosh konsulligi, 4-mart, 2019
AQShning Quddusda yopilayotgan Bosh konsulligi, 4-mart, 2019

Qo'shma Shtatlar Quddusdagi Bosh konsulligi va elchixonasini birlashtirmoqda. Davlat departamentiga ko'ra, maqsad diplomatik faoliyat samaradorligini oshirish, siyosat o'zgarmaydi. Elchixona Tel-Avivdan Quddusga o'tgan yili ko'chgan edi.

Bosh konsullik asosan falastinliklarga xizmat ko'rsatar, AQSh Falastin rahbarlari bilan shu konsullik orqali gaplashar edi. Falastin rasmiylarining aytishicha, missiyaning elchixonaga qo'shib yuborilgani Isroilning Quddusni o'ziniki qilib olish da'volarini kuchaytiradi.

Sharqiy Quddus, g'arbiy sohil va G'azo sektoridagi vaziyat haqida Vashingtonga to'g'ridan-to'g'ri ma'lumot uzatib kelgan konsullik vazifalarini endi AQShning Quddusdagi elchixonasi bajaradi. Barcha ma'lumot va diplomatik maktublar bundan buyon Isroilga moyil deb ko'rilgan elchi Deyvid Fridman qo'lidan o'tadi.

Tramp ma'muriyati Yaqin Sharq tinchlik rejasini haligacha e'lon qilgani yo'q. Vashington Quddusni Isroil poytaxti deb tan olganidan buyon falastinliklar tinchlik muzokaralarida qatnashmayapti.

"AQSh Isroil va Falastin o'rtasidagi hududiy va chegara masalalari bo'yicha pozitsiyaga ega emas. Bularni tomonlar muloqot orqali hal qilishi kerak", - deydi Davlat departamenti so'zlovchisi Robert Palladino.

Tramp ma'muriyati 2018-yilda Falastinning Vashingtondagi diplomatik idorasini yopgan, muxtoriyatga gumanitar yordamni keskin kamaytirgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG