Breaking News

Venesuela AQSh va Rossiya uchun raqobat maydonimi?


Xalqaro hayot - 8-aprel, 2019
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:49 0:00

So’nggi bir necha oydan beri Tramp ma’muriyati Venesuelada Maduro rejimi qulashiga ishonch bildirib kelmoqda. Ammo Janubiy Amerikadagi bu mamlakatga Rossiya harbiy yordamni oshirar ekan, ekspertlar fikricha, inqiroz davom etishi hamda Vashington va Moskva o’rtasidagi proksi-urush maydoniga aylanishi mumkin.

Rossiyaning “Rostvertol” kompaniyasi Venesuelaga vertolyotlar yetkazmoqda.

“Venesuela xalqiga ko’proq vertolyotlar kerak bo’lsa, yana yetkazamiz”, - deydi korxona vakili Sergey Ostapenko.

O’tgan hafta Venesuelada Rossiya homiyligida pilotlarni tayyorlash markazi ham ochildi. Moskva, shuningdek, 100 ga yaqin harbiylarni safarbar etgan. Havo hujumidan mudofaa tizimlarini ta’mirlash uchun, deydi rasmiylar.

“Yirik davlatlar o’rtasida qarama-qarshilik bu. Rossiya AQSh ogohlantiruviga qaramasdan Venesuelaga harbiylarini yuboryapti. Xitoy ham Maduroni o’z holiga qo’yish fikridan qaytganga o’xshaydi”, - deydi tahlilchi Rojer Noriyega.

O’tgan hafta Xitoy samolyoti Maduro hukumati uchun 65 tonna dori-darmon va anjomlar bilan Karakasda qo’ndi.

“Venesuela masalasi bilan shug’ullanyapmiz. Muhokamalar ketmoqda. Ehtimol Rossiya va Xitoy rahbarlari bilan ham gaplashaman”, - deydi Prezident Donald Tramp.

Unga ko’ra, AQSh Venesuelaga qarshi chora ko’rishi mumkin, Rossiya Venesuelani tark etishi kerak. Moskva va Pekin esa Venesuelaga bu mamlakat qonunlari va xalqaro qonunchilik doirasida yordam ko’rsatayotganini aytadi.

Vashington Rossiyaga qo’shimcha sanksiyalar qo’yishi mumkin.

“Rossiya bu yerda bilganimni qilaman deb o’ylamasin”, - deydi AQSh elchisi Elliot Abrams.

Rossiya va Xitoy Karakasga milliardlab dollar kredit bergan va bu pulni qaytarib olishni istaydi. Ammo Moskva uchun bu faqat moliyaviy manfaat emas, balki o’z nufuz doirasini kengaytirish uchun geosiyosiy qadam hamdir.

2015-yilda Kreml Suriyada fuqarolar urushiga aralashib, vaziyatni Prezident Bashar Assad foydasiga o’zgartirdi. Tahlilchilar fikricha, Rossiya Venesuelada ham shunday qilmoqchi.

“Ruslar bizni sinovdan o’tkazyapti. Hozirgacha AQSh harbiy kuch ishlatishi uchun asos bo’lmagan. Rossiya buni biladi”, - deydi Noriyega.

Venesuela proksi-urush maydoniga aylanmasligi uchun chora ko’rish kerak, deydi ayrim ekspertlar. Ya’ni o’zini prezident deb e’lon qilgan Xuan Guaydo Rossiya va Xitoy sarmoyasini himoya qilish evaziga ulardan Maduroga yordamni to’xtatishni so’rasin, deydi ular.

“Rossiya ham, Xitoy ham Venesuela masalasida ehtiyotkor bo’lishi, nizolashayotgan har ikki tomon bilan yaxshi munosabatlarni saqlab qolishi kerak. Shunda qay tomon hokimiyatda bo’lsa ham, qarzlarni qaytarib olish mumkin bo’ladi”, - deydi siyosatshunos Jefri Gerts.

Bu orada, oziq-ovqat, suv va energiya tanqisligi natijasida minglab odam Venesuelani tark etmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG