AQSh Yaman tomon yana bir harbiy kema yubordi

  • Amerika Ovozi

AQShning Teodor Ruzvelt nomidagi kemasi (avianosets)

AQShning Teodor Ruzvelt nomidagi kemasi (avianosets)

Eron Yamanda jang qilayotgan barcha taraflarni otishmani zudlik bilan to'xtatishga chaqirmoqda. Eron Prezidenti Hasan Ruhoniyning aytishicha, hokimiyat uchun kurashayotgan kuchlar darhol muzokara boshlab, barcha guruhlar manfaatlarini hisobga oluvchi qo'shma hukumat tuzishi kerak.

Bu o'rtada Prezident Abdu Rabbo Mansur Hadini hokimiyatdan ag'dargan shia hutiylar kattaroq hududlarni egallashga harakat qilmoqda. Hadini qo'llab-quvvatlayotgan Saudiya Arabistoni va yana bir necha arab mamlakati ularni havodan nishonga olmoqda.

Xabarlarga ko'ra, Eronni hutiylarga qurol uzatayotganlikda ayblayotgan Qo'shma Shtatlar buning oldini olish uchun Yaman tomon jangovar kema yuborgan. Biroq Pentagon asl maqsad dengiz yo'llari xavfsizligi va ochiqligini ta'minlash, demoqda.

AQSh Harbiy-dengiz kuchlari 5-floti vakili Kevin Stivensning aytishicha, hududda barcha tahdidlarga qarshi turish uchun yetarlicha kuchlar bo'lishi kerak.

Ba'zi xabarlarga ko'ra, hududga Eron 7-9 ta kema yuborgan, ba'zilarida qurollar bo'lishi mumkin. Eron hutiylarga madad berayotganini inkor etib keladi. Unga ko'ra, dengiz qaroqchilariga qarshi kurashish uchun Yaman tomon ikkita kema yuborilgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG