Breaking News

O'zbekistonlik muhojir Nyu-York politsiyasi xizmatida


Uzbek girl in NYPD
Uzbek girl in NYPD

Nyu-York tinchini 36 ming politsiyachi qo’riqlaydi. Amerikaning eng ko’p millatli shahrida politsiya xizmatida turli elatga mansub odamlar ishlaydi. Yaqinda ularning safiga o’zbekistonlik bir qiz qo’shildi.

O'zbekistonlik muhojir Nyu-York politsiyasi xizmatida
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:04 0:00

Sadoqat Maxsudova asli Buxorodan. Nyu-Yorkning Staten-Aylend rayonida turadi. Nyu-York politsiya akademiyasida olti oylik mashaqqatli o’qish va jismoniy tayyorgarlikdan so’ng orzu qilgan ishiga kirdi.

Manxettenda bo’lib o’tgan bitiruv tadbirida qatnashish uchun O’zbekistondan uning buvisi va buvasi keldi.

Sadoqat Amerikaga oilasi bilan 2009-yilda ko’chib kelgan. Bruklindagi kollejda hamshiralikka o’qiganiga qaramay, orzu qilgan kasbi – politsiyachi bo’lish niyatidan voz kechmadi. 1,5 yillik kadetlik kursidan so’ng politsiya akademiyasiga kirib, olti oydan so’ng bitiruv imtihonida 98 foiz bal to’pladi.

Bitiruv tadbirida Nyu-York shahar meri Bill de Blazio va Nyu-York politsiyasi komissari Jeyms Onil bitiruvchilarga murojaat qilib, mas’uliyatli ishda muvaffaqiyatlar tiladi. Bo’lajak politsiyachilar jo’r bo’lib qasamyod keltirishdi.

Ayni paytda Sadoqat xizmatni o’zbeklar ko’p yashovchi Bruklin rayonida o’tamoqda. Uch yildan so’ng serjantlik uchun imtihondan o’tmoqchi.

  • 16x9 Image

    Odil Ro'zaliyev

    Odil AQShning Tafts Universitetida (Tufts University) magistrlik darajasini olgan. Ungacha O'zbekistonda Jahon tillar universitetida tahsil qolgan, Nyu-Yorkdagi Peys universitetida bir yil almashinuv dasturi bo'yicha o'qigan. 

    Odil graduated from the Uzbekistan State World Languages University. Then he was an exchange student at Pace University in New York for one year (1993-1994). He got his Master's degree from Tufts University in Massachusetts in 2004.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG