Breaking News

Mirziyoyevning Tojikistonga safari muvaffaqiyatli yakunlandi


O'zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston rahbari Emomali Rahmon bir ovozdan deydiki, orada ochilgan darvozalar endi hech qachon yopilmaydi.

O'zbekiston-Tojikiston: "O'rtada yechilmagan muammo qolmadi"
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:04 0:00

Ikki kunlik uchrashuvlar yakunida o’tkazilgan matbuot brifingida prezidentlar orada yechilmay qolgan muammolar qolmaganini ta’kidlashdi. O’rtada nozik ko’rilgan Rog’un GESi tog’oni qurilishi ham nazardan chetda qolmagan.

O’zbekiston prezidentiga ko'ra, ko’plab nozik masalalar muhokama qilindi. Xalq irodasiga qarab ish tutiladi, deydi u.

"Biz tojik va o’zbek xalqlari o’rtasida do’stlik ko’prigini mustahlamlash bo’yicha astoydil harakat boshladik. Niyatmiz yor bo’lib, ezgu maqsadlarga erishamiz inshaalloh! Biz do’stlik va insoniylik nuqtai nazaridan qo’shnilarimiz bilan, avvalo qardosh, birodar Tojikiston bilan hamisha do’st va birodar, hamkor va hamjihat bo’lamiz", - dedi Mirziyoyev Dushanbedagi Borbad madaniyat qasrida o’tkazilgan katta mashvaratda.

​Rahmon ham o’zaro aloqalar rivojlanishiga yangi poydevor qo’yilganini ta’kidlar ekan, Mirziyoyevning mintaqadagi yangicha siyosatiga yuksak baho berdi, uni qadrlashini izhor etdi.

"Biz yaqin yillarda o’zaro savdoni 1 milliard AQSh dollariga yetkazishni mo’ljallamoqdamiz, mol ayirboshlanning o’zi keyingi vaqtlarda 10 barobar o’sdi. Do'stim Mirziyoyevning oramizda yechilmagan hech qanday muammo qolmadi degan so’zlarini to’la tasdiqlayman. Hademay shaharlarimiz orasida yangi avia va avtoqatnovlar yo’lga qo’yiladi, ijobiy o’zgarishlar yaqin orada aloqalarimizning yangi pog’onalarga ko’tarilishiga imkon yaratadi. Suv-energetik zaxiralar, mintaqa, xususan qo’shni Afg’oniston borasidagi muammolarda ham bir fikrdamiz", - dedi Rahmon.

Kuni bilan televizor qarshisidan ketmagan tojikistonlik keksa ziyoli Muxsin Otamurodov ko’zida yosh bilan “ko’rkam prezidentimiz Emomali darhaqiqat millat peshvosi va imomi darajasidagi ulug’ insonligiga yana bir bor tan berdim, har ikki mamlakat prezidentlari bor bo’lsin, elning duosini olishmoqda”, - deb fotihaga qo’l ochdi.

Ta’kidlash zarurki, Tojikiston mustaqilligidan o’tgan butun yillar davomida hech bir davlat rahbariga O’zbekiston prezidentiga ko’rsatilganchalik iltifot qilinmagan. Mirziyoyevning tashrifi respublikaning barcha telekanallarida to’xtovsiz yoritib borildi.

O’rtada ikki davlat ijtimoiy-siyosi hayotining barcha qirralarini o’z ichiga olgan 27 hujjat imzolandki, bu mamlakat tarixida ko’rilmagan. Oliy darajada o’tgan uchrashuvlar har ikki tomon uchun ham tarixiy ekanligi ta’kidlandi.

Tojikistondagi o’zbek ma’naviyat va ma’rifat markazi raisi, dosent Ilhom Yusupov ikki respublikaning bu qadar tez va ko’lamli yaqinlikka erishishini istamagan kuchlar hali mavjudligini eslatar ekan, endi bu do’stlikni asrash zarur, deydi.

"Bu yaqinlikni ruslar aniq xush ko’rmaydi, yana Eron tomoni, Xitoy ham bor. Ular O’zbekistonning bizga iqtisodiy, bozor tarafidan kirib kelishini xohlamaydi. Ruslar o’z imperiyasi ta’sirini yo’qotishni istamaydi, Markaziy Osiyoga men xo’jayinman deydi. Endi biz o’shalardan asrashimiz kerak do’stligimizni,- deydi Yusupov.

Suhbatdosh erishilgan qarorlarning bo’lajak natijalariga shubha bilan qarayotgan ayrim tahlilchilarning fikrlarini ko’cha gapi deb baholab, kelishuvlarni siyosiy jihatdan mustahkamlash zarur deb biladi.

"To’g’risini aytganda, ularning bari ko’chada qolib ketadigan gaplar, chunki obro’li tahlilchilar bo’lsa edi, xalq ularga e’tibor berardi, ular hech narsa emas. Do’stligimizni asrab qolishning yagona yo’li biron xil yangi tuzum - Markaziy Osiyo birligimi, konfederatsiyasinimi tuzmasa, saqlab qolish juda qiyin. Siyosiy birlik bo’lmagancha uni asrash juda qiyin bo’ladi", - deydi Yusupov.

Tojikistonlik o’zbek yozuvchisi Ahli Rasul Muhammad jahon internet sahifalariga mavzu borasida taqdim etgan maqolasida Mirziyoyevga Nobel mukofoti berilsa ham kamlik qilishini yozgan.

"Men buni dehqon Sherali bobo tilidan yozdim. Haqiqatan ham Mirziyoyev nafaqat Tojikiston bilan chegaralarni ochdi, turkmanlar, qozoq va qirg’izlar bilan ham shunday bo’ldi - umuman Markaziy Osiyoda boshqacha bir siyosiy iqlim, ob-havo yaratmoqda. Xavotirli o’rinlarga kelganda, buni oddiy xalq ham ilohim ko’z tegmasin deb aytmoqda, lekin buning siyosatga daxli yo’q. Endi Afg’onistan tahdidi haqida gapirilsa, har ikki davlatlarimiz bu sohada ham kerakli hujjatlarni imzolashdi, narkotikka yoki qurol-yaroq kirib kelishi mumkinligi… yo’q, ularni barchasi qo’lga tushadi, qilgan ishiga yarasha jazosini oladi, bu yerda xalqning aybi yo’q. Karimovning davrida kimdir qilgan ishning kasriga butun xalq qolib ketgandi. O’zbekni katta og'a ko’ramizmi endi deydigan ichi qora kimsalar esa, bu kabilar azaldan bo’lgan. Millatchilik na tojikning, na o’zbekning oddiy xalqida bor, uni o’z to’dasi bor, o’zini juda yuqori oladigan yozuvchisida, shoirida, ziyolisida bor. Aslida ular ziyoli, olim, shoir ham emas, agarda yuragida millatchilik tuyg’usi bilan yashayotgan bo’lsa, birovlarga xizmat qilgan bo’ladi", - deydi tojik Mirzacho’lidan bo’lgan o’zbek yozuvchisi.

Dushanbega tashrif buyurgan O’zbekistonlik sana’t va matbuot xodimlari orasida bo’lgan O’zbekiston24 telekanali xodimi Saida Davlatova hamkasblariga bildirgan fikrida bizni nainki shahar, respublika aholisi, balki tabiatning o’zi ham ochiq chehra bilan kutib olgandek edi, bu bizni juda quvontirdi, dedi.

"Bizni qadimdan birlashtirib kelgan yagona madaniyat, urf-odatlarimiz 21-asrda yanada muhim ahamiyat kasb etadi. Mirziyoyevning Tojikistonga rasmiy davlat safari o’zaro aloqalarimizning rivojlanishida yangi tarixiy sahifani ochdi. Biz jurnalistlar mavzuni yoritayotganimizda nimaniki yoritishni istagan bo’lsak, barchasiga javoblar qarshimizda edi.Hatto tabiat ham ehson ko’rsatdi, bu judahayratlanarli edi", - deydi o’zbek jurnalisti.

Tahlilchilar fikricha, ikki davlat rahbarlari imzolagan o’nlab hujjatlarning amaliy shakl olishi uchun hech qanday to’siqlar ko’rilmaydi.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG