Breaking News

O'zbek ayolining Nyu-Yorkdagi yangi hayoti


AQShda Navoiy viloyatidan kelgan o'zbekistonliklar ancha kam. Farzandlarini bir ko’z bilan Nyu-York shahrida tarbiyalayotgan navoiylik oilada bo'ldik. Ular Amerikaga grin karta lotereyasi yutib kelgan.

​Nyu-Yorkda yashab qolayotgan o’zbekistonliklar asosan shaharning ikki rayonida qo’nim topadi. Bruklinda samarqandliklar, Kvins rayonida toshkentliklarni ko’proq uchratish mumkin. Navoiyliklar esa Amerika bo'ylab hali kamnamo.

Jamila Nuriyeva uch farzandning onasi. Bruklinda yashaydi. AQShga turmush o’rtog’i, ikki farzandi bilan 2012-yilda kelgan. Oradan uch yil o’tib, to’qqiz yillik turmushidan ajragan. Hozir uch o'gilni yo’lg’iz o’zi voyaga yetkazyapti.

U oliy ma’lumotli. Navoiy Davlat pedagogika institutini tamomlab, 11 yil maktabda o’qituvchilik qilgan. Oilasida to’rt farzanddan ikkinchisi. Opa-ukalarining barchasi oliy ma’lumotli.

“Qiyinchiliklardan qo’rqmayman, depressiyaga ishonmayman. Tushkunlik degan tushunchalar menga yot. Inson go’zallikka intilib, orzular bilan yashashi kerak. Orzuim - farzandlarim o’qimishli, aqlli va avvalo inson bo'lib o'ssin”, - deydi Jamila Nuriyeva.

Grin karta yutib kelgan navoiyliklar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:18:10 0:00

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG