Breaking News

Tolipov: AQSh O'zbekistonga nufuzli, ta'sirli davlat sifatida qaramoqda


AQSh Davlat kotibi muovini Elis Uells O'zbekiston rahbariyati bilan uchrashuvda, 26-fevral, 2019
AQSh Davlat kotibi muovini Elis Uells O'zbekiston rahbariyati bilan uchrashuvda, 26-fevral, 2019

AQSh O’zbekistonni mintaqa muammolarini yechishga qodir strategik davlat sifatida ko’radi, deydi sharhlovchilar. Ular AQSh-O’zbekiston aloqalarini ancha umidli baholashmoqda. Chunonchi, Vashingtonning Toshkentga nisbatan tanqidlari O’zbekistondagi islohotlarni qo’llab-quvvatlashga qaratilgan bayonotlar bilan almashgan. Shuningdek, hamkorlikka oid muzokaralarda ochiqlik bor hamda Toshkent islohotlarni chuqurlashtirishga hozirlik bildirmoqda.

AQSh-O'zbekiston, yillik maslahatlashuv
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:05:26 0:00

Siyosatshunos Farxod Tolipov:

“Ikki o’rtadagi tanqidiy munosabatlar ancha yumshadi. AQSh O’zbekistonni Markaziy Osiyodagi strategik ahamiyatga ega, eng nufuzli, ta'sirli va yetakchi davlat sifatida ko’rayotganini ochiq-oydin bildirmoqda. Markaziy Osiyo, Afg’onistondagi muammolarni yechimida O’zbekiston muhim o’rin tutishini ta’kidlab, buni qo’llab-quvvatlamoqda. O’zbekiston islohotlari olqishlanmoqda. Bundan tashqari AQSh savdo-iqtisodiy aloqalar hajmini kengaytirishga ham hozirlik bildirgan, sarmoyaviy ishtirok ko’lami oshishi kutilmoqda. Bu yildan boshlab ta’lim sohasidagi hamkorlik tiklanmoqda, AQSh universiteti O’zbekistonda o’z vakolatxonasini ochmoqda”.

Tashqi ishlar vazirligi ma'lumotiga ko'ra, siyosiy maslahatlashuv doirasida siyosat, xavfsizlik, iqtisodiyot va savdo, insoniy me’zonlar kabi mavzularga doir kichik muhokamalar ham o’tkazilgan.

AQSh delegatsiyasi siyosiy maslahatlashuv natijalaridan mamnun, u O’zbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish yo’lida amalga oshirilayotgan islohotlarni yuksak baholagan. Prezident Shavkat Mirziyoyev ham o’zaro hamkorlikni rivojlantirishda siyosiy maslahatlashuv mexanizmidan samarali foydalanish zarurligini ta’kidlagan.

AQSh delegatsiyasining safari doirasida O’zbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish muhokama qilingan forum ham o’tgan. AQSh Davlat departamenti va O’zbekiston inson huquqlari bo’yicha milliy markaz tashabbusida o’tkazilgan tadbirda mahalliy faollar ham ishtirok etgan.

Farxod Tolipovga ko’ra, AQSh-O’zbekiston munosabatlari, ayniqsa inson huquqlari, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish yuzasidan ochiqlik kasb etmoqda. Toshkent bu ochiqlikni saqlab qoladi degan umid bor.

“Albatta, AQShning inson huquqlari, diniy erkinliklar, siyosiy islohotlarga doir pozitsiyasi u yoki bu davlatga nisbatan simpatiyasiga bog'liq emas, bu prinsipial pozitsiyalar. Har holda shunday bo’lib kelgan, bu mezonlar o’zgarmas bo’lib qolaveradi. Bugun O’zbekistonda inson huquqlariga doir islohotlar olqishlanayotgan ekan, bu olqishlarning davomiyligi, bu borada yanada ko’proq o’zgarishlar qilish, islohotlar muvaffaqiyati O’zbekistonga bog’liq masala bo’lib qoladi. Umid qilamizki, bu o’zgarishlar dinamikasi saqlab qolinadi”, - deydi Tolipov.

AQSh-O'zbekiston: Yillik maslahatlashuv
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:08:50 0:00

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG