Breaking News

Bolalar orasida sil kasalligi keng tarqalmoqda


Sil kasalligiga qarshi kurashda bolalar ham ishtirok etadi. Targ'ibot kampaniyasining boshlanishi. Janubiy Afrika
Sil kasalligiga qarshi kurashda bolalar ham ishtirok etadi. Targ'ibot kampaniyasining boshlanishi. Janubiy Afrika

Bolalar orasida sil kasalligi katta sur’atlar bilan tarqalayapti. 2010-yilda bemorlar dunyo bo’ylab 8 millionni tashkil etgan. Olimlar va shifokorlar deydiki, dardni davolash bir masala, lekin avvalo e’tiborni uning oldini olishga qaratish lozim.

Kasallik haqida ma’lumot to’plash oson emas. Jahon sog’liqni saqlash tashkilotiga ko’ra, 2011-yilda dunyo bo’ylab yarim million bola sil kasaliga chalingan.

Tashkilot dunyo mamlakatlari sog’liqni saqlash vazirliklaridan olingan ma’lumotga asoslanadi. Ammo ko’p hollarda kasallik haqida tibbiy muassasalarga darak berilmaydi. Buning ustiga silni tashxis qilish qiyin, ayniqsa bolalarda.

Londondagi Imperial kollejidan pediatr-shifokor Jeyms Seddon hamkasblari bilan muammoga boshqacha yondashishga qaror qildi:

“Ko’p tadqiqotlardan ayon bo’lishicha, kasal bolalar virusni oila a’zolaridan yuqtiradi,” - deydi u.

Seddon boshchiligidagi olimlar matematik model asosida silga yo’liqqan kattalar bilan necha bola yashashi, ularning nechtasi virusni yuqtirgani va qanchasi kasal bo’lganini sanadi.

Olimlar e’tiborni tuberlukyoz bilan og’rigan bemorlarning 80 foizi yashaydigan mamlakatlarga qaratdi.

Natijada tadqiqotchilar 2010-yilda bu yurtlarda 650 000 odam kasallikka duchor bo’lgan, degan xulosaga keldi. Bu Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlaridan ancha ko’p.

Tadqiqot “Lanset” (The Lancet) tibbiy jurnalida chop etilgan.

Seddon guruhi xulosasidan yana biri: 15 million bola silga chalingan odam bilan yashaydi, yana 7,6 millioni virusni yaqinda yuqtirgan.

“Bu ma’lumotlar asosida biz hukumatlarga “mamlakatingizda silga yo’liqqan bolalar ko’p. Agar ularni aniqlab, davolay boshlamasangiz, kelajakda hal qilib bo’lmaydigan muammoga yuz tutasiz”, demoqchimiz,” - tushuntiradi olim.

Yuqumli kasalliklar bo’yicha mutaxassis, tadqqotda qanashmagan shifokor Jennifer Furin deydiki, bolalar orasidagi sil kasalligi kattalar kasalligiga qaraganda e’tiborsiz qolib ketadi. Mutaxassislar muammo ko’lamini bilmasligi bunga sabab bo’ladi, deydi Furin.

“Bu tadqiqot soha mutaxassislari uchun nihoyatda ahamiyatli, chunki endi biz har yili nechta bola tibbiy ko’rikdan o’tishi kerakligi va kasal bo’lmasligi uchun nechtasini davolash lozimligini bilamiz”.

Bu bolalarni asrasak, virusning tarqalishiga to’siq qo’yamiz, deydi Furin. Bu esa ham kattalar, ham bolalarga yordam.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG