Seshanba, 29-iyul, 2014 Toshkent vaqti: 07:34

Madaniyat

Hamid Ismoilov: O'quvchisiz adabiyotning ma'nosi yo'q

Hamid Ismoilov Britaniyada yashab ijod qiladi
Hamid Ismoilov Britaniyada yashab ijod qiladi

Multimedia

Audio
O’tgan hafta Qirg’iziston poytaxti Bishkekda Markaziy Osiyo xalqaro kitob forumi va adabiyot festivali bo’lib o’tdi. Tadbirda Markaziy Osiyoda adabiyot va noshirlik faoliyatini kuchaytirish hamda ijodkorlar asarlarini xorijda targ’ib etish masalalari muhokama etildi. Mintaqaning bir qator shoir va yozuvchilarini jamlagan festivalda, xususan, xorijdan ham taniqli ijodkorlar ishtirok etdi.

O’zbekistonda badiiy adabiyotning bugungi ahvoli qanday? O’zbek adiblarini xorijda tanishadimi? Bu borada qanday ishlar amalga oshirilgan va oshirilishi kerak?


Bishkekda o’tgan forum ishtirokchisi, Britaniyada yashab ijod qilayotgan taniqli o’zbek adibi Hamid Ismoilov bilan shu mavzuda suhbat uyushtirdik.

Hamid Ismoilov ijodini nazmdan boshlagan. 10-12 yoshimda ilk she’rimni yozganman, deydi u.
 
Dastlab, harbiy bilim yurtida o’qib o’qchi-mergan unvonini olgan yosh Hamid keyinroq quroldan ko’ra qalam tutishni afzal ko’rdi. Toshkent Davlat universitetining Filologiya fakultetida o’qib, ish va hayotini butunlay ijodga bag’ishladi.

Hamid Ismoilovning bir qator she’riy to’plamlari hamda nasriy asarlari O’zbekiston, Rossiya, AQSh, Britaniya hamda boshqa G’arb o’lkalarida nashr etilgan. O’zbek, rus va ingliz tillarida ijod qiladi. Xorijda chop etilgan asarlari chet ellik kitobxon va munaqqidlar tomonidan iliq kutib olingan.
 
Hamid Ismoilov Londonda joylashgan “BBC” teleradiokanalida faoliyat yuritadi. Uzoq yillar radiokanalning o’zbek xizmatini boshqargan.
 
Hamid Ismoilov uzoq yillar "BBC" teleradiokanali o'zbek xizmatini boshqargan.Hamid Ismoilov uzoq yillar "BBC" teleradiokanali o'zbek xizmatini boshqargan.
x
Hamid Ismoilov uzoq yillar "BBC" teleradiokanali o'zbek xizmatini boshqargan.
Hamid Ismoilov uzoq yillar "BBC" teleradiokanali o'zbek xizmatini boshqargan.
Adibning aytishicha, o’zbek adabiyoti hanuz rivojlanish bosqichida. Bu jarayonda yaxshi asarlar, yangi modern yo’nalishlar paydo bo’lmoqda, deydi u.
 
“Umuman aytganda, bir tomondan, ancha zabardast asarlar yaratilyapti. Yo’nalishlar ham boyiyapti. Simvolik narsalar yaratilyapti. Syurrealistik narsalar yaratilyapti. Realistik narsalar yaratilyapti. Lekin adabiyotimiz hali qotmagan muz. Odatda, adabiyot bir qancha vaqt o’tgandan keyin bilinadi. Kelajakdan o’tmishga qarab turib adabiyot haqida xulosa chiqarish mumkin”, - deydi yozuvchi.
 
O’zbek shoir va yozuvchilarining jahon adabiyotida tutgan mavqei haqida so’z ochgan adib o’zbekistonliklar orasida “Nobel” mukofotiga loyiq asarlar ko’p ekanini aytadi.
 
“Bundan to’rt-besh yil avval surunkasiga “Nobel” mukofotini notanish odamlarga berishganda, Fransiyada katta bir yozuvchi istehzo bilan yozgan ekan: “Endi kelasi yil allaqanday O’zbekistondan bo’lgan hech kim tanimagan bir odamga berishsa kerak. Chunki u yerda diktatura-da”, deb. O’shanda achchig’im chiqqan edi. Men, masalan, o’zbek adabiyotida kamida uchta-to’rtta, agar she’riyatni oladigan bo’lsangiz, 10 taga qadar “Nobel”ga loyiq katta odamning nomini aytishim mumkin. Ya’ni, jahon adabiyotiga ham bemalol kirib kela oladigan adabiyotchilarimiz, shoirlarimiz, yozuvchilarimiz ko’p”, - deydi Hamid Ismoilov.
 
Adibga ko’ra, biror xalq adabiyotining jahonda tanilmagani uning jahon adabiyotiga kirish darajasida badiiy saviyaga ega emasligini anglatmaydi. Jahon adabiyoti deganda, asosan, inglizzabon adabiyotni tushunamiz va bu tilda chiqmagan asarlarning xalqaro e’tirof topishi qiyin, albatta, deydi u.
 
“Afsuski, biz hozir jahon adabiyoti deganda adabiyotni ingliz tili bilan chegaralab qo’yganmiz, xolos, - deydi o’zbek yozuvchisi. - Shuning uchun agar ingliz tilida chiqmasa, jahon adabiyotiga molik emas ekan, degan yolg’on tushuncha paydo bo’lgan. Aslida, adabiyotni o’z tilida mezonlash kerak. Masalan, qirg’iz tilida yozilgan narsa qirg’iz tilida mezonlanishi kerak. Shved tilida yozilgan narsa shved tilida. Endi tarjima bu boshqa masala. Lekin adabiyotning mezoni o’zining yozilgan tilida bo’ladi”.
 
Demak, xalqaro e’tirof va e’tiborga sazovor bo’lish uchun tarjima muhim. Bu borada ahvol qanaqa? Xalqaro adabiyot maydonidan o’rin olish uchun nimalar qilish kerak, deya so’raymiz adibdan.
 
 “Birinchidan, ko’ngillilar paydo bo’lishi kerak, - deydi u. - Tarjimonlar, o’zbek adabiyotiga ixlosmandlar paydo bo’lishi kerak. Xalqaro aloqalarni kuchaytirish kerak. Masalan, yozuvchi yozuvchi bilan uchrashgandan keyin bir-biri bilan tanishadi, ko’z-ko’zga tushadi. Kitoblarini bir-biriga berishadi, o’qishadi. Bir-biriga qiziqish tug’iladi. Shunday aloqalarni ancha kuchaytirish kerak. O’shanda bizning adabiyotimizning boyligi sekin-sekin nafaqat o’quvchilarga, balki adabiy davralarga ham kirib keladi. Adabiyotshunoslar, jurnalistlar orasiga kirib keladi. O’shanda dovrug’i ham butun dunyoga taralishi turgan gap”.
 
Hamid Ismoilov: "Har bir asar o'zi yozilgan tilda mezonlanishi kerak".Hamid Ismoilov: "Har bir asar o'zi yozilgan tilda mezonlanishi kerak".
x
Hamid Ismoilov: "Har bir asar o'zi yozilgan tilda mezonlanishi kerak".
Hamid Ismoilov: "Har bir asar o'zi yozilgan tilda mezonlanishi kerak".
Hamid Ismoilov yaqinda “Jinlar bazmi yoxud katta o’yin” nomli yangi romanini yozib tugatdi. Asar hali kitob holida nashr etilmagan, lekin internetga qo’yilgan. Unda o’zbek yozuvchisi Abdulla Qodiriyning chop etilmagan romani haqida hikoya qilinadi.
 
“Romanning bir tomoni badiiy, bir tomoni hujjatli. Abdulla Qodiriyning qamalgan payti, qamoqda yashagan hayoti hujjatlar asosida tiklangan. Lekin uning ruhiy kechinmalari, masalan, hech qaysi hujjatda yo’q. Shunday kechinmalari, romanini o’ylaganlari, romanini tasavvur qilganlari yoki romanning o’zi, albatta, hech qayerda hujjatga solinmagan narsalar. Ya’ni, asar hujjat asosida, lekin taxayyuliy bir narsa”, - deydi asar muallifi.
 
Adabiyot kelajagi haqida kuyinib gapirgan Hamid Ismoilov muammolardan biri sifatida kitobxonlarning kamligini tilga oladi:
 
“O’quvchlar soni, albatta, kamayib ketyapti hozir. Internet keldi, boshqa narsalar kelyapti, deb oylayapmiz. Lekin o’quvchi oiladan tayyorlanishi kerak, bolalikdan tayyorlanishi kerak. Onaning bolaga alla aytishidan boshlanadi bu tayyorgarlik. Buvisi Maxtumqulini, “Ming bir kecha”ni o’qib bergan bolalardan o’quvchi chiqadi, kitob o’quvchilari chiqadi. Afsuski, bu narsalar hozir yo’qolib boryapti. Mana, biz madaniyat deymiz. Madaniyat degan narsa bu o’stirish degani. G’ishtma-g’isht bir narsani yasab chiqish degan narsa. Shu nuqtai nazardan, masalan, o’simlikka qanday suv quyadigan bo’lsak, sug’orib parvarishlaydigan bo’lsak, shunga o’xshab o’quv madaniyatini ham bolalikdan boshlashimiz kerak. Afsuski, bu narsalar yo’qolib ketyapti. Bu narsa yo’qolar ekan, yozuvchlikning ham ma’nosi qolmaydi”.

Hamid Ismoilov bilan suhbat, Behzod Muhammadiy
Hamid Ismoilov bilan suhbat, Behzod Muhammadiyi
|| 0:00:00
...
 
🔇
X
Mazkur forum yopiq.
Izohlarni tartiblashtirish
Izohlar
     
Fikr bildiruvchi: Ibrohim EL-Khoshimiy E-mail adresingiz: USA
05.12.2012 03:21
Assalamu alaykum baurlar!
Yahshi yozadigan yozuvchilar ko'p, lekin afsuski hali jamiyatimizni qiynayotgan masalalarga javob topib asar yozilgani yo'q, hozircha.
Hozirgi paytda bizlarda bunday asar yozish bir nechta zo'r yozuvchi qo'shilib eplashi mumkin inshaAllah!
Assalamu alaykum va Rohmatullahi va barakatuh!

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Amerikada ro'za va iftorlar - Ramadan in Americai
X
28.07.2014 23:13
Ro'za va iftorlar Amerika madaniyatining bir qismiga aylangan. Amerika musulmonlari og'zini ochish paytida dasturxonga musulmon bo'lmagan yurtdoshlarini ham taklif qiladi. Tez-tez ko'zga tashlanadigan manzara - xayriya tadbirlari. Yo'qsillarga yordam tariqasida oziq-ovqat tarqatish.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Kobul
  • Keniyalik bolalar
  • Yaman
  • G'azo
  • Bag'dod
  • Indoneziya
  • Kosovo
  • Misr
  • Quddus
  • Fransiya
  • Keniya
Fotogalereya

Fotogalereya Hayit ayyomi

Fotogalereya

Fotogalereya Tayvanda samolyot qulashi oqibatida 48 kishi halok bo'ldi

"TransAsia" havo yo'llariga qarashli samolyot yomon ob-havo tufayli Tayvanda qulab tushgan. Samolyot bortidagi 48 kishi halok bo'lgan, 10 kishi yaralangan. Halokat yerida yana besh kishi jarohatlangani aytilmoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya BMT Xavfsizlik kengashi G'azoda otishmani zudlik bilan to'xtatishga chaqirdi

BMT Xavfsizlik kengashi Isroil va XAMASni o'zaro otishmani zudlik bilan to'xtatishga chaqiruvchi qaror qabul qildi. G'azoda ikki haftadan beri davom etayotgan havo hujumlarida 500 dan ziyod falastinlik halok bo'lgan, Isroil tomonidan esa bir necha askar o'lgan.
Fotogalereya

Fotogalereya Kunning suratlari - 20-iyul, 2014-yil

Kunning muhim voqealari va dunyoning turli burchaklaridagi manzara suratlarda.
Fotogalereya

Fotogalereya O'zbekistonlik ustalar Santa Fe xalqaro festivalida

Amerikaning Nyu-Meksiko shtatidagi Santa-Fe shahrida har yili o’tadigan usta hunarmandlar festivali (Santa Fe International Folk Art Market) nufuzli davra hisoblanadi. Unga taklif qilingan chevar, kashtado’z yoki sozandaning ijodi so’zsiz tan olinadi. Qaysi davlatda bo’lmasin ularning mahsuloti darrov qo’lma qo’l bo’lib ketadi. Bu yilgi yarmarkada O’zbekistondan 25 kishi qatnashdi - eng katta jamoalardan biri. 11-13-iyul kunlari o’tgan tadbirda ustalar bir-biri bilan tanishdi, tajriba almashdi, mahsulotini sotdi, yangi xaridor va hamkorlar topdi va vatanga daromad bilan qaytdi. Bu esa, deydi hunarmandlar, yangi imkoniyatlarga yo’l ochadi. Yangi ish o’rinlari, ta’lim dasturlari, mustaqil faoliyat, erkin nafas va yurt taraqqiyoti uchun hissa degani bu.

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI